O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi xuzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 2021 – 2022 o‘quv yili 2 – davra 4 oylik qayta tayyorlasho‘quv kursida o‘qish uchun tanlov e’lon qiladi.
Xujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan 2022 – yil 1 – fevralga qadar qabul qilinadi.
Nomzodlar oliy ma’lumotli 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari hamda oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyin kamida 2 yil ish stajiga ega, yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy isloxotlardan xabardor, yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida chuqur bilimli, mas’uliyatli, tashabbuskor, yetakchilik ishbilarmonlik qobiliyati va jamoa bilan ishlash tajribasi mavjud davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, maxalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqorolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari raxbarlari yoki xodimlari bo‘lishlari lozim.
Qabul to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar:
Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining www.yomi.uz sayti;
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining www.yoshlar.gov.uz sayti;
Telefon: +998971 232-61-31;
+99897 714-85-25.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




