#E’LON
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2020 yil 24 dekabrdagi №02-3648-sonli topshirig‘iga muvofiq «O‘zpaxtasanoat» AJ tomonidan paxta tolasi tegishli hosil yili ulgurji preyskurant narxlarda, sotish xarajatlarini hisobga olgan holda, birja savdolariga qo‘yib kelinmoqda.
Korxonalarni paxta tolasi xom ashyosiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini kamaytirish hamda yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanish maqsadida, ulgurji preyskurant narxlarda o‘tgan yillar hosili paxta tolasini xarid qilish choralarini ko‘rish maqsadga muvofiqligini bildiramiz.
O‘z navbatida, ichki iste’molchilar birja savdolari orqali paxta tolasi realizatsiyasi (hosillar bo‘yicha mavjud paxta tolasi, narxlari) bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni taqdim etishga «O‘zpaxtasanoat» AJ ko‘mak berishga tayyor ekanligini ma’lum qilamiz.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




