2022-yil mart oyida O‘zbekistonda “paxta boykoti” ning bekor qilinishi jahon to‘qimachilik hamjamiyatida katta rezonansga sabab bo‘ldi. Xorijiy ekspertlar va OAV ko‘plab nashrlarda “boykot”dan keyin O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish variantlari haqida o‘z prognozlarini berishdi.
Ammo oradan bir yildan ko‘proq vaqt o‘tdi va shu vaqt ichida xalqaro hamjamiyat O‘zbekiston va mamlakat to‘qimachilik sanoati qisqa vaqt ichida har tomonlama muvaffaqiyatli rivojlanishning noyob holati ekanligini bir necha bor e’tirof etdi.
Hozirda Yevropaning eng yirik yangiliklar Euronews kanali “paxta boykoti” bekor qilinganidan keyin O‘zbekistonning muvaffaqiyatli tajribasi haqida reportaj tayyorlamoqda. Shu munosabat bilan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi, shuningdek, ITMF Kengashi a’zosi Ernst Maurer bilan intervyular tashkil etdi.
Dunyodagi eng yirik xalqaro to‘qimachilik mashinalari ko‘rgazmasi ITMA tashkilotchisi CEMATEX kompaniyasi va Shveytsariya Swissmem to‘qimachilik uskunalari uyushmasi Prezidenti E. Maurer hamda ITMF direktori Kristian Shindler O‘zbekistonda xalqaro tadbirlar o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida respublikaga tashrif buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, ITMA 2023 nafaqat so‘nggi texnologiyalar, balki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashrifi bilan ham esda qoldi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




