“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan Yevropa Ittifoqi va AQShning to‘qimachilik kompaniyalari, shu jumladan «Walmart», «GAP», «PVH», «NJX», «Nike», «Ross», «Levis’», «VF», «Ralph Lauren» va «Li&Fung» bilan hamkorlik qilish va ularga yetkazib beruvchilarni tanlab berishda 20 yildan ortiq tajribaga ega Misrning sorsing kompaniyasining ishchi tashrifi tashkil etildi.
Tashrif davomida uyushma rahbariyati bilan muzokaralarda Misrning «Danial Hechter», «Tie House», «Nr Sekem», «Daludress», «Concrete» i «Town Team» riteylerlari bilan o‘zbek tikuvchilik fabrikalarida tayyor to‘qimachilik mahsulotlariga buyurtmalar berish sohasida hamkorlikni o‘rnatish uchun ularni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kompaniya vakillari mahalliy «Bonito Group», «Zelal Textile», «Best Color Textile», «Yusteks», «Zarafshon Tekstil», «Daka Tex» va «Samarkand Apparel» to‘qimachilik fabrikalarida bo‘lib, korxonalarning ishlab chiqarish tarmog‘i va ishlab chiqarilgan mahsulotlari bilan tanshish imkoniga ega bo‘ldilar. Mehmonlar mahsulot sifati va Yevropa Ittifoqi hamda AQSh bozorlariga chiqish uchun zarur bo‘lgan xalqaro sertifikatlar mavjudligini yuqori baholadilar.
Misr kompaniyasining ishchi guruhining tashrifi 29 iyulgacha davom etib, uning davomida 15 dan ortiq mahalliy kompaniyalarga tashrif buyuradi. Ushbu tashrif O‘zbekiston va Misr o‘rtasida to‘qimachilik sanoatida hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




