Respublikamiz to‘qimachilik sanoati yildan-yilga jadal sur’atlarda rivojlanib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinayotgan qaror va farmoyishlar, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, imtiyozlar respublika to‘qimachilik sanoatini rivojlanishida va xorijiy investorlarni jalb qilishda katta imkoniyatlar bermoqda.
Bugungi kunda respublikamizda sohani rivojlantirish bo‘yicha xorijiy investorlar va mahalliy tashabbuskorlar ishtirokida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi to‘qimachilik loyihalari amalga oshirilmoqda.
Respublikada 7300 dan ortiq to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari mavjud. Ushbu korxonalarda 360 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratilgan.
2020 yilda respublikadagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan 47,0 trln.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, Farg‘ona viloyatida 6,95 trln. so‘mlik (14,8%) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Farg‘ona viloyatida 706 ta to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari mavjud bo‘lib, yiliga 155,9 ming tonna ip kalava (175,9 ming tonna paxta tolasi, respublikada eng ko‘p), 86,5 mln. kv.m. ip gazlama, 24,4 ming tonna trikotaj mato, 42,3 mln. dona tayyor tikuv va trikotaj hamda 88,2 mln. juft paypoq mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega.
2021-2022 yillarda umumiy qiymati 154,6 mln.dollar bo‘lgan 14 ta loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Jumladan,
- Marg‘ilon shahrida “Uzwoolentex” QK MCHJda
(10,0 mln.dollar) yiliga 3,0 mln.p.m. aralash ip gazlama mahsulotlari, 250 ta yangi ish o‘rinlari; - Farg‘ona tumanida “Baxodir Log’on Tesktil” MCHJda (9,7 mln.dollar) yiliga 5,4 ming tonna trikotaj mato, 5,4 ming tonna trikotaj mato bo‘yash, 25,0 mln.dollar tikuv-trikotaj mahsulotlari, 2350 ta yangi ish o‘rinlari;
- Bog‘dod tumanida “Fergana-Spinning” MCHJ QKda
(8,7 mln.doll.) yiliga 4,5 mln.p.m. ip gazlama ishlab chiqarish, 200 ta yangi ish o‘rinlari. - Toshloq tumanida “Expo Kollor Print Teks” MCHJda
(13,5 mln.doll.) yiliga 5,0 mln. p.m. ip gazlama, 1,6 mln.dona tayyor mahsulot, 250 ta yangi ish o‘rinlari.
Dastur amalga oshirilishi natijasida, hududda ip kalavani 45,0 % qayta ishlanadi, 159,4 ming tonna ip kalava ishlab chiqiladi, 126,5 mln.kv.m. ip gazlama (1,4 barobar), 80,5 mln.dona tayyor tikuv mahsulotlari (1,9 barobar), 35,8 ming tonna trikotaj mato (1,4 barobar) ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda hamda 7000 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi va sohaning eksport salohiyati qo‘shimcha 59,7 mln. dollarga oshirilishi belgilangan.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




