O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan xamkorlikda “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi – Farg‘ona vodiysida iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va qishloq tadbirkorligini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlaganlarga o‘z biznesini yo‘lga quyishga amaliy va maslahat yordamlarini ko‘rsatish.
Ushbu loyiha doirasida Farg‘ona viloyatining Qo‘qon, Marg‘ilon va Farg‘ona shaxarlari, Andijon viloyatining Marxamat, Jalaquduq va Andijon tumanlari xamda Namangan viloyatinig Chortoq, To‘raqo‘rg‘on va Namangan tumanlarida Hududiy Biznes-inkubatorlar (HBI) tashkil etildi.
HBIlarni tashkil etishdan maqsad:
- Farg‘ona vodiysidagi qishloq tadbirkorlarini iqtisodiyotning yangi tarmoqlariga jalb etish;
- Farg‘ona vodiysidagi iqtisodiy salohiyat va ish bilan ta’minlash imkoniyatlari, qishloq tadbirkorlari uchun iqtisodiy o‘sishga erishish yo‘llarini yoritish;
- respublikada qishloq tadbirkorligini keng miqyosda rivojlantirish;
- mahalliy tadbirkorlarga milliy va xalqaro savdo maydonchalariga chiqishda yordam berish;
- yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardagi (agraroziq-ovqat sektori, turizm, to‘qimachilik/kiyim-kechak, kichik ishlab chiqarish) mikrofirma va kichik korxonalarda moliyaviy va nomoliyaviy xizmatlardan foydalanish bo‘yicha tadbirkorlarni xabardor qilish.
Batafsil ma’lumot: https://chamber.uz/uzk/index, https://t.me/businessincubator
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




