2022 yil 21 yanvar kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va Frantsiya to‘qimachilik sanoat ittifoqi o‘rtasida videokanferensaloqa orqali uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari D. Vaxobov va Frantsiya to‘qimachilik sanoat ittifoqi Vitse-prezidenti N.Blan, O‘zbekistonning Frantsiyadagi elchixona vakillari hamda bir qator soha vakillari ishtirok etdilar.
Ikki davlat vakillari tomonidan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Frantsiya to‘qimachilik sohasida hamkorligining keng qamrovli kun tartibini, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida to‘qimachilik sohasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy munosabatlarni rivojlantirish borasidagi imkoniyatlarni muhokama qildilar.
Muzokaralar davomida, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va Frantsiya to‘qimachilik sanoat ittifoqi o‘rtasida to‘qimachilik sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi anglashuv memorandum imzolashga kelishib oldilar.
Frantsiya moda instituti hamda to‘qimachilik mashinalari ishlab chiqaruvchilar ittifoqi bilan yangi investitsiyaviy loyihalarni o‘rganish va kelishish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.
Tomonlar “GSP+” tizimida savdo to‘g‘risidagi bitimni qabul qilish jarayonidagi ijobiy o‘zgarishlarni mamnuniyat bilan olqishlab, ushbu tizim orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga sezilarli turtki berishini ta’kidladilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar 2022 fevral oyida Frantsiya shahrida bo‘lib o‘tadigan “Apparel Sourcing Paris” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida «B2B» shaklida uchrashuvlarni tashkillashtirishda hamda OAV va riteyllar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazishda amaliy yordam berishda shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha yangi konstruktiv takliflarni ishlab chiqish yuzasidan faol hamkorlikka kelishib oldilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




