“O‘zto‘qimachiliksanoat” va Germaniyaning Gesamtmasche uyushmalari hamda Hochschule Albstadt-Sigmaringen universiteti vakillari hamkorlikda Farg‘ona viloyatining “TeamDress” va Namangan viloyatining “Fazman” korxonalarida soha vakillari uchun vorkshop tashkil etdi.
Vorkshop davomida ekspert namoyish etgan usullar yordamida tikuv jarayonini optimallashtirish yo‘llari korxonaning ishlab chiqarishini takomillashtirishi va bunda saf-xarajatlar qisqarishini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, Farg‘ona politexnika universiteti va Namangan to‘qimachilik sanoati instituti xodimlari va talabalari uchun oliy dargohlar o‘rtasida hamkorlik afzalliklari haqida hamda Hochschule Albstadt universitetining akademik mobillik dasturlari, magistratura, doktoranturada o‘qish talablari atroflicha tushuntirib o‘tildi.
Shuni ta’kidlash joizki, “O‘zto‘qimachiliksanoat” va Germaniya hamkorlari bilan birgalikda Namangan to‘qimachilik instituti negizida “Texnologlar maktabi” loyihasi ishga tushiriladi. Uni doirasida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari to‘qimachilik sanoati korxonalari uchun texnologlarni tayyorlashda Germaniya ta’lim tizimi joriy etiladi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




