Germaniyaning tashqi savdo va investitsiyalar agentligi («Germany Trade & Invest»/GTAI) tomonidan O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati o‘rganilib, o‘z veb-saytida sohadagi barqaror investitsiyaviy muhit o‘rnatilganligi va oxirgi yillarda ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlar va mahsulot nomenklaturasi kengayganligi, samarali yuqori qiymat zanjiri yaratilganligi, eksport ko‘rsatgichlari va geografiyasi, to‘qimachilikda amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan loyihalar haqida batafsil tahliliy ma’lumotlar aks ettirilgan.
Ma’lumki, so‘ngi yillarda Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlariga qiziqish ortib bormoqda, mahalliy korxonalar bilan ishlash niyatidagi brend va riteylerlar soni ham oshmoqda. Bu borada «Germany Trade & Invest» agentligi o‘z hissasini qo‘shib bormoqda.
Ta’kidlash joizki, auditoriyasi 7,5 million kishidan oshadigan Germaniyaning tashqi savdo va investitsiyalar agentligi Germaniya bozorida o‘zini namoyon qilmoqchi bo‘lgan xorijiy kompaniyalarga va xorijiy bozorlarga chiqmoqchi bo‘lgan nemis kompaniyalariga maslahat beradi va ko‘maklashadi.
Maqola bilan quydagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://www.gtai.de/de/trade/usbekistan/branchen/usbekistans-textil-und-bekleidungsindustrie-investiert-kraeftig-965838
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




