Germaniyaning Gesamtmache (To‘qimachilik konfederatsiyasi) va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan amalga oshirlayotgan “Uyushma faoliyatini transformatsiya qilish” loyihaning ikkinchi bosqichga o‘tmoqda. Ushbu bosqich Uyushma faoliyatida Biznes jarayonlarini tashqil qilish (VRO) tizimini joriy etish va Germaniya Texnologlar maktabi loyihasini ishga tushirishni o‘z ichiga oladi.
“Uyushma faoliyatini transformatsiya qilish” loyihasi 2023 yil fevral oyida boshlangan va konsalting xizmatlarini ko‘rsatishda Uyushmaning 15 nafar xodimi o‘qitilgan.
Natijada bir yildan kam vaqt ichida 23 ta trening, biznes-turlar, ko‘rgazmalarda ishtirok tashkil etildi, 30 dan ortiq o‘zbek kompaniyalariga nemis brendlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda yordam berildi, 50 dan ortiq nemis kompaniyalari O‘zbekistonga jalb qilindi, Germaniya brendining maxsus kiyimlar ishlab chiqarilishi relokatsiya qilindi.
Qizig‘i shundaki, loyiha Farg‘ona vodiysini Germaniya bozori uchun resurs markazi sifatida tanilishiga yordam berdi.
Loyihaning ikkinchi bosqichida Londonda joylashgan InfoAid konsalting kompaniyasi va Germaniyaning Hohschule Albstad to‘qimachilik universiteti, yirik to‘qimachilik uskunalari ishlab chiqaruvchi innovatsion kompaniyalar jalb etilib, unda 8 nafar mutaxassis Germaniya va O‘zbekistonda trener sifatida o‘qitiladi.
Soha uchun trenerlar tayyorlashning ushbu tizimi uchta yo‘nalish bo‘yicha kadrlar tayyorlash masalalarini hal qilishga yordam beradi:
– Marketing va biznesni rejalashtirish
– To‘qimachilik texnologiyalari
– Sertifikatlash
Nomzodlar soha mutaxassislari va Uyushma xodimlari orasidan tanlab olinadi. Trenerlarni tayyorlash loyihasi tizimli ishlarni talab qiladi, shuning uchun loyihani amalga oshirishga O‘rta va maxsus ta’lim vazirligi, Bilimlarni baholash agentligi, TTESI, Namangan to‘qimachilik instituti, shuningdek sanoat korxonalari jalb qilingan.
Mashg‘ulotlar shu yilning fevral oyida Hohschule Albstadt bilan birgalikda Namangan to‘qimachilik institutida boshlanadi. Shu bilan birga, O‘zbekistonlik mutaxassislar Germaniyaning yetakchi kompaniyalarida uch haftalik kurslardan o‘tadilar va qaytgach, mahalliy korxonalarda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




