Germaniyaning to‘qimachilik maktabi va O‘zbekistondagi korxonalari bilan hamkorlikda to‘qimachilikni pardozlash bo‘yicha dual o‘quv markazini yaratish, ISO 9001, BSCI standartlarini joriy etish, Toshkent shahrida mehmonxona biznesi uchun uy to‘qimachilik maxsulotlari shou-rumini ochish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazishga kelishib olindi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida Germaniyaning Otw “Osthessische Textilwerk” kompaniya rahbari janob Burxard Oel bilan uchrashuv bulib o‘tdi.
Aytish joizki, janob Oel O‘zbekiston to‘qimachiligi bilan yaqindan tanishgan holda, Germaniya brendlari va O‘zbekiston korxonalari orasida qator hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda muhim o‘rin tutadi.
Ushbu uchrashuv chog‘ida ta’lim sohasida dolzarb masalalaridan biri – Germaniyaning to‘qimachilik maktabi va O‘zbekistondagi korxonalari bilan hamkorlikda to‘qimachilikni pardozlash bo‘yicha Dual o‘quv markazini yaratish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, ISO 9001 va BSCI standartlarini joriy etish va, ayni kunlarda O‘zbekistonda rivojlanib kelayotgan – mehmonxona biznesi uchun uy to‘qimachilik mahsulotlari shou-rumini ochish kabi masalalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Bunday kelishuvlar O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, mamlakatimiz va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam hisoblanadi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




