Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning Sharqiy Yevropa Markaziy Osiyo direktori Daniel Passon va mintaqaviy katta menejer Nina Liebig bilan Uyushma rahbariyati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar doirasida GIZ 2023-2025 yillarda amalga oshirilishi kutilayotgan yangi loyihalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Xususan, GIZ qo‘yidagi yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirmoqda:
– to‘qimachilik korxonalarida dual-ta’lim kasb-hunarga o‘rgatuvchi tizimini joriy etish;
– paxta-to‘qimachilik klasterlarida barqaror rivojlanish va qo‘shimcha qiymat yaratish
Keyingi yillarda Uyushma hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekistonda «yashin energiya» tizimiga o‘tish, raqamlashtirish, qo‘shilgan qiymat zanjiri kuzatuvchanligi va ekologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi kelishib olindi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




