Nafas olish tizimiga ta’sir qiluvchi pandemiyaning paydo bo‘lishi tibbiyot niqoblariga bo‘lgan talabni ko‘paytirishi muayyan. Bunga jamoatchilikning keng qatlamlari tomonidan turlicha niqoblarini qo‘llash kiradi, bu hozirgi COVID-19 virusining global miqyosda tarqalishi paytida ko‘rinib turibdi. Shu bilan birga, mato niqoblarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan matolarning ishlashi to‘g‘risida ma’lumot kam. Muhimi, virusni yuqtirib olmaslik uchun havoning filtrlash samaradorligini 10 nm dan 10 mkm oralig‘idagi aerozol zarrachalarini to‘sish orqali erishish mumkin.
Amerika Kimyogarlar Uyushmasi (American Chemical Society) xamda ACS Publications nashriyoti hamkorligida AQShdagi Molekulyar muhandislik Pritzker maktabi va Argonne milliy laboratoriyasining fiziklari tomonidan bajarilgan izlanishlarning “Nafas olish tibbiy niqoblarida ishlatiladigan odatiy to‘qimalarning aerozolni filtrlash samaradorligi” mavzusidagi maqola nashr etilgan. https://pubs.acs.org/doi/pdf/10.1021/acsnano.0c03252.
Ushbu maqolada maishiy hayotimizda ishlatiladigan turli xil paxta va ipak matolarining ikki qatlamidan tayyorlangan tibbiyot niqoblari havo tarkibidagi aerozol zarralarining 80% dan 99% gacha saqlab qolishi haqida xulosalar qilingan. Samaradorlik nuqtai nazaridan ular AQSh tibbiyot xodimlari uchun tavsiya yetilgan N95 sinfidagi respiratorlardan kam yemasligi xam aytib o‘tilgan.
Tajribalar davomida olimlar yuqori zichlikka ega bo‘lgan turli xil paxta, ipak, shifon, flanel va ularning kombinatsiyalari uchun bir nechta umumiy matolardan foydalanib tayyorlangan niqoblarning samaradorligini maxsus moslamaga o‘rnatib o‘rgandilar. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bitta qatlamli va tarkibi birxil matolik niqoblar yaxshi himoya qilmaydi, chunki ular kichik zarrachalarning niqobdan o‘tishiga imkon beradi. Havoni filtrlashda yuqori natijalar yuqorida aytib o‘tilgan matolarning ishlatilishi natijasida tikilgan ikki qatlamli niqoblarda kuzatilgan va ularning samaradorligi 38% — 99.2% oralig‘ida kuzatilgan.
Natijalar quyidagi jadvalda batafsil keltiriladi:
| flow rate: 1.2 CFM | |||
|---|---|---|---|
| filter efficiency (%) | pressure differential | ||
| sample/fabric | <300 nm average ± error | >300 nm average ± error | ΔP (Pa) |
| N95 (no gap) | 85 ± 15 | 99.9 ± 0.1 | 2.2 |
| N95 (with gap) | 34 ± 15 | 12 ± 3 | 2.2 |
| surgical mask (no gap) | 76 ± 22 | 99.6 ± 0.1 | 2.5 |
| surgical mask (with gap) | 50 ± 7 | 44 ± 3 | 2.5 |
| cotton quilt | 96 ± 2 | 96.1 ± 0.3 | 2.7 |
| quilter’s cotton (80 TPI), 1 layer | 9 ± 13 | 14 ± 1 | 2.2 |
| quilter’s cotton (80 TPI), 2 layers | 38 ± 11 | 49 ± 3 | 2.5 |
| flannel | 57 ± 8 | 44 ± 2 | 2.2 |
| cotton (600 TPI), 1 layer | 79 ± 23 | 98.4 ± 0.2 | 2.5 |
| cotton (600 TPI), 2 layers | 82 ± 19 | 99.5 ± 0.1 | 2.5 |
| chiffon, 1 layer | 67 ± 16 | 73 ± 2 | 2.7 |
| chiffon, 2 layers | 83 ± 9 | 90 ± 1 | 3.0 |
| natural silk, 1 layer | 54 ± 8 | 56 ± 2 | 2.5 |
| natural silk, 2 layers | 65 ± 10 | 65 ± 2 | 2.7 |
| natural silk, 4 layers | 86 ± 5 | 88 ± 1 | 2.7 |
| hybrid 1: cotton/chiffon | 97 ± 2 | 99.2 ± 0.2 | 3.0 |
| hybrid 2: cotton/silk (no gap) | 94 ± 2 | 98.5 ± 0.2 | 3.0 |
| hybrid 2: cotton/silk (gap) | 37 ± 7 | 32 ± 3 | 3.0 |
| hybrid 3: cotton/flannel | 95 ± 2 | 96 ± 1 | 3.0 |
Ushbu to‘qimachilik matolari bugungi kunda respublikamiz korxonalarida keng ishlab chiqariladi. Shulardan foydalanib ko‘p marotaba ishlatiladigan tibbiy niqobni ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Bunda niqoblarning ikki qavatlik matolarni “sendvich” ko‘rinishida ustma-ust joylashtirib tikilishi natijasida ishlab chiqarish maqsadga muvofiq.
O‘rtacha o‘lchovdagi tibbiyot niqobining o‘lchamlari 17,5 x 10,0 sm bo‘lganida uning xar bir qatlami uchun yuzasi 0,0323 m kv. mato sarf qilinadi.
Quyidagi jadvalda yuqori zichlikka ega bo‘lgan matolar baholanishi keltiriladi. (Narxlar “Bukhara Brilliant Silk” MCHJ xamda “Idoda Gazmol Biznes” XK MCHJ korxonalarning preyskurantlari asosida olingan)
| № | Mato nomlanishi, tarkibi | Yuza zichligi
(gr/m kv.) |
Narxi
(So‘m / m kv.) |
Narxi
(So‘m / niqob qatlami) |
| 1 | Flanel, 100% paxta | 180 | 10 000 | 333.3 |
| 2 | Satin, 100% paxta | 140 | 10 000 | 333.3 |
| 3 | Shifon, 100% paxta | 120 | 15 000 | 500.0 |
| 4 | Shifon, 100% ipak | 110 | 120 000 | 4000.0 |
| 5 | Shifon, 100% ipak | 120 | 150 000 | 5000.0 |
| 6 | Shifon, 100% ipak | 130 | 180 000 | 6000.0 |
Mavjud manbalarni inobatga olib, qisqacha hisoblarni bajarganda xar xil tarkibli matolardan tikiladigan bir dona tibbiyot niqobini ishlab chiqarishda ishlatiladigan rezinka, ip va boshqa qo‘shimcha sarflarni inobatga olinganida, xar bir niqobning tannarxi 1235 so‘mdan 6900 so‘mgacha yetishi mumkin.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




