Kuni kecha “KOR-UZ” texnoparki binosida xalqaro brend va riteylerlarni jalb etish bo‘yicha “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi faoliyati doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Zara, Pull&Bear, Massimo Dutti, Bershka, Stradivarius, Oysho va Zara Home kabi 7 ta mashhur brendni o‘z ichiga olgan INDITEX kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvda hamkorlikning amalga oshirilishi ehtimoli bo‘lgan yo‘nalishlari yuzasidan masalalar muhokama qilindi.
Ispaniya tomoni uchun hamkorlik qilish nuqtai nazaridan asosiy shart – korporativ ijtimoiy mas’uliyat (KIM) kontseptsiyasiga, shuningdek, “Decent work” va “Better work” loyihalarini amalga oshirish natijalariga rioya qilishligini ta’kidladi.
Xususan, to‘qimachilik tarmog‘i uchun atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror ishlab chiqarish va ta’minot muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yetkazib berish zanjirlarining kuzatuvchanligi va shaffofligiga, shuningdek, xalqaro standartlar va global qayta ishlash standarti (GRS va RCS)ni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda mahsulot tannarxining asosiy ustunligi – bu paxta tannarxini kamaytirish imkonini berayotgan va kerakli sifat va miqdorda xom ashyoni yetkazib berishni kafolatlaydigan paxta yetishtirishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha ega paxta-to‘qimachilik klasterlarining o‘ziga xos tizimini joriy etish bo‘ldi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




