“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi izlanuvchilari, mutaxassislari va soha olimlari hamkorligida yaratilgan innovatsion texnologik usullar korxonalarda amaliyotda sinab ko‘rilmoqda.
Jumladan, jun, poliester va ipak tolalari aralashmasidan yuqori sifatli yigirilgan ip, polikomponentli gazlama va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega erkaklar kostyumi namunalari ishlab chiqildi.
Mazkur aralashmalardan tayyorlangan yigirilgan ip Toshkent viloyatida joylashgan “Osborn Textile” korxonasida, shuningdek uning natijasida olingan polikomponentli gazlama – Marg‘ilon shahrida joylashgan “Uzwoolentex” korxonasida hamda erkaklar kostyumi – Namangan shahrida joylashgan “Lyuks Plyus Servis” korxonasida (“VAKKONI” brendi) ishlab chiqarildi.
Ushbu yo‘nalishlarda soha mutaxassislari va olimlari hamkorlikdagi izlanishlarni davom ettirmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT









