Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) butun dunyo bo‘ylab ish joylarida baxtsiz hodisalar va kasalliklarning oldini olishga yordam berish maqsadida 28 aprel kuni Butunjahon ish joyida xavfsizlik va sog‘liqni saqlash kunini nishonlanadi.
Ushbu tushuntirish kampaniyasi sog‘liqni saqlash va xavfsizlik masalalari va ish bilan bog‘liq jarohatlar, kasalliklar va o‘lim holatlarining ko‘payishi to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirishga qaratilgan.
Dunyoning barcha mintaqalarida hukumatlar, kasaba uyushmalari, ish beruvchilar tashkilotlari va sog‘liqni saqlash va xavfsizlik bo‘yicha amaliyotchilar Butunjahon kuniga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazmoqdalar.
Ushbu kun munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bugun «Inqirozning oldini olish va unga tayyorgarlik ko‘rish – mehnatni muhofaza qilish tizimiga sarmoya kiritish» mavzusida onlayn seminar o‘tkazdi, unda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi vakillar ishtirok etdi.
Seminar davomida:
- To‘qimachilik sanoati korxonalari xodimlarini mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlardan, o‘qish va bilim saviyalari tekshiruvidan o‘tkazish ishlari amalga oshirilishini doimiy nazorat qilish choralarini kuchaytirish;
- Ish beruvchi xodimlar mehnatini tashkil qilishi, qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlashi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan qarashi, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilab borilishini ta’minlashi;
- Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlarni belgilangan me’yorlar bo‘yicha maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlash va ulardan foydalangan holda ishlashlarini doimiy nazorat qilishni kuchaytirish;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi va Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida»gi Nizomiga muvofiq guruhiy, o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisa to‘g‘risida ish beruvchi darhol sxemaga binoan tegishli organlarga xabar berishi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlarning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi, shuningdek, kasb kasalliklari belgilangan tartibda tekshirilishi hamda hisobga olinishi ustidan nazoratni kuchaytirish;
- Mehnat, mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun va boshqa mehnat muhofazasiga oid me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etilishi majburiyligi yuzasidan tizimdagi barcha rahbar va xodimlarga tushuntirish ishlari olib borilishi hamda ularga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish.
Shuningdek, Uyushma tomonidan quyidagilar tavsiya etiladi:
- To‘qimachilik sanoati korxonalari ishchi xodimlarini yong‘in va favqulodda holatlarda o‘zini tutish va to‘g‘ri harakatlanishga qaratilgan tadbirlarni doimiy ravishda o‘tkazib borish;
- Soha korxonalarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha belgilangan me’yoriy talablar asosida ishlarni tashkillashtirish, ularga qat’iy ravishda amal qilish,
- Ushbu yo‘nalishlarda doimiy ravishda seminarlar hamda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish orqali xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish,
- ishchi-xodimlarni kirish, chorak va navbatdan tashqari yo‘riqnomalardan o‘z vaqtida o‘tkazib borish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




