“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi to‘qimachilik va kiyim-kechak va trikotaj sanoatida samarali rivojlanish va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha doimiy ish olib bormoqda.
Masalan, shu kunlarda Uyushma rahbariyati Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida to‘qimachilik sanoati korxonalarida bo‘lib, viloyatning investitsiyaviy loyihalari bilan tanishdi. Ular orasida bo‘yalgan matolar ishlab chiqaruvchi korxona “Urganch Baxmal” va uy to‘qimachilik ishlab chiqaruvchi – “Xorazm Ipagi”, ip-kalava ishlab chiqarish bo‘yicha yirik paxta – to‘qimachilik klasteri – “WBM Qo‘shqo‘pir” va boshqalardir.
Investitsiviy loyihalarga tashrif buyurish uyushma rahbariyatiga mintaqani rivojlantirish va kelgusida investitsiyalarni jalb qilish uchun yangi imkoniyatlarni ko‘rib chiqish, istiqbolli loyihalarni tahlil qilish, yangi imkoniyatlarni izlash va umuman to‘qimachilik sanoatining samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Shuningdek, tashrif davomida korxonalar rahbarlari bilan duch keladigan muammolar, jumladan, rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, investitsiyalarning istiqbollari va salohiyati, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, ishchilar soni, korxonalarning eksportga yo‘naltirilganligi va boshqalar muhokama qilindi.
O‘z navbatida, uyushma vakillari Xorazm viloyatida sanoat yo‘nalishlari, yangi texnologiyalarni joriy etish, korxonalar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish rejalarini amalga oshirish masalalari bilan bo‘lishdilar va muhokama qildilar.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




