Joriy yilning 27 may kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, “Helberto Jizzakh Chemicals” (Turkiya), «Fibro Jiz Yarn» (Slovakiya) qo‘shma korxonalari hamda «O‘zkimyosanoat» AJ hamkorligida onlayn video muloqot uyushtirildi.
To‘qimachilik mahsulotlarini bo‘yash va pardozlashda kimyoviy vositalardan innovatsion foydalanishga bag‘ishlangan VKSda 30 ortiq korxonalar ya’ni «Urganch Bahmal», «Fazo-R», «Tantex Group», «Art Soft Tex», “Is-Nur-Qutlan”, “Limax Collection” va boshqa mato bo‘yash hamda paypoq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etdi.
Muloqot davomida «O‘zkimyosanoat» AJ va xorijiy hamkorlar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulot to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Turkiyaning “Helberto Jizzakh Chemicals” kompaniyasi ishlab chiqarayotgan, matoni bo‘yash jarayonida ishlatiladigan yordamchi kimyoviy vositalar, ularning sifat kafolati, xizmat ko‘rsatish muddati va kompaniya to‘g‘risida ma’lumotlar ulashdi. Shuningdek «Fibro Jiz Yarn» korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan polipropilen iplari haqida ma’lumotlar hamda ushbu mahsulotni qo‘llash sohalari, tayyor mahsulotning tan narxi pasayishi, import o‘rnini bosuvchi yangi mahsulot to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Muloqot so‘ngida «Art Soft Tex» korxona rahbari tomonidan “Helberto Jizzakh Chemicals” korxonasining filialini Farg‘ona viloyatida ochish taklifi berildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



