To‘qimachilik sanoatida ip yigiruv fabrikalari muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Aynan ip kalavaning sifati keyingi qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar sifatiga katta ta’sir o‘tkazadi.
Hozirgi kunda Uyushmaga 152 ta ip yigiruv korxonalari mavjud va ular respublikada ishlab chiqarilayotgan paxta tolasini katta qismini qayta ishlash imkoniyatiga ega.
Uyushmada bo‘lib o‘tgan uchrashuv mobaynida yirik ip yigiruv fabrikalari rahbarlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Korxonalarda mavjud muammolar, ichki bozorni ip kalava bilan ta’minlash va yigiruv fabrikalarida ishlab chiqarishni kengaytirish va tayyor mahsulot ishlab chiqarish masalalari kun tartibining asosiy qismi bo‘ldi.
Tadbirda 40 dan ortiq korxona vakillari qatnashdi. Tadbir onlayn tarzda ham barcha viloyat vakillari ulangan holda o‘tkazildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT








