Joriy yil 6 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi hamkorligida Italiya davlati Milan shahrida savdo missiyasi doirasida biznes forum tashkil etildi.
Ushbu forumda, Italiyaning 20 dan ortiq nufuzli kompaniyalari hamda O‘zbekistonning 30 ta eksporter to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari o‘rtasida B2B muzokaralari tashkil etildi.
Italiyalik tadbirkorlar tomonidan O‘zbekistonga GSP+ preferentsiyasi berilganligi sababli hamkorlik imkoniyatlari ochib berilganligini ta’kidlandi.
Shu bilan birga, o‘zbek mahsulotlarning 100 foiz paxtadan bo‘lgan yuqori qiymatli tayyor tikuv mahsulotlarga juda katta qiziqish bildirildi.
Muzokaralar natijasida, jami 4,5 mln.yevrodan ortiq miqdoridagi to‘qimachilik mahsulotlarini Italiyaga yetkazib berish bo‘yicha kelishib olindi.
Xususan, «Orzu Teks» korxonasi Italiyaning Cottonella, Gabaglio, Genko kompanisi, «Pronta teks» korxonasi BATA, Trussardi kompaniyasi, Zelal Textile korxonasi GABAGLIO, CARLO BOSELLI TEXTILE kompaniyasi, Chust Tekstil korxonasi Confezioni Mario De Cecco s.p.a, Genko Srl, Daniele Franchi Textile bilan, hamda Carera Jeans kompaniyasi bilan mato, bo‘yalgan trikotaj mato va tayyor tikuv trikotaj mahsulotlari xaridi bo‘yicha kelishib olindi.
Shuningdek, Italiyadagi eng ko‘p fabrikalar joylashgan Prato shahridan kelgan kompaniya boshqaruvchisi bilan mato sotib olish hamda o‘zbek ishlab chiqaruvchilarini Prato shahriga uchrashuvlar o‘tkazish to‘g‘risida muzokara o‘tkazildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




