20 sentyabr kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida dunyoning yetakchi ilg‘or yechimlarni yetkazib beruvchi Itema Group Prezidenti Ugo Gilardi bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Italiyaning Itema Group dunyoning yirik to‘qimachilik uskuna ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri sifatida o‘z mahsulotlarini 100 ortiq davlatlarga eksport qiladi. 2022 yilning yakunlarlariga ko‘ra kompaniyaning daromadi 306 mln AQSh dollarni tashkil etdi.
Joriy yilda Davlat Rahbarining Italiyaga tashrifi natijasida O‘zbekistonda kelib o‘zbek to‘qimachiligi rivoji bilan tanishishi xorijiy hamkor tomonidan alohida e’tirof etildi va uning keyingi taraqqiyoti uchun yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar, jumladan, mato va texnik mato uskunalarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish zarurligi ta’kidlandi.
Bu borada to‘quv uskunalari va butlovchi qismlarini ishlab chiqarish loyihalarini O‘zbekistonga relokatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni jalb etish, kompaniya xizmat ko‘rsatish markazi va vakolatxonalarini ochish, o‘zbek mutaxassislarini malakasini oshirish kabi masalalar batafsil suxbatlashildi.
Muzokaralar yakunida tez kunlarda marketing tadqiqotlarini o‘tkazish uchun Italiyadan O‘zbekistonga mutaxassislar yuborilishiga kelishib olindi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




