“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi faoliyati jahon to‘qimachilik va tikuvchilik-trikotaj sanoati talablariga muvofiq kengayib bormoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, uyushma Xalqaro kiyim-kechak Federatsiyasi (IAF), Amerika kiyim-kechak va poyabzal assotsiatsiyasi (AAFA), AQSh moda sanoati uyushmasi (USFIA), Bangladesh ishlab chiqaruvchilar va kiyim-kechak eksportchilari uyushmasi (BGMEA), Xitoy savdo palatasi (CCCT) va boshqalar kabi hamkor tashkilotlar bilan bir qatorda raqamli yorliq bo‘yicha xatni imzolaganlar qatoriga kiradi.
Bu global moda va sport kiyimlari sanoati bilan bog‘liq global sanoat vakillari uy to‘qimachilik, kiyim-kechak, poyabzal va tegishli aksessuarlarni etiketkalashni joriy etishga chorlayotgani va kerakli yorliq ma’lumotlari uchun yanada barqaror va tejamkor raqamli yorliqlardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlayotganiga asoslangan holda, ko‘p narsadan dalolat beradi.
Ammo tarmoq hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirgi vaqtda umumiy ehtiyojlar yiliga taxminan 9,2 milion km yorliqli lenta ishlab chiqarishga olib keladi, bu uni yerdan oyga va orqaga o‘n ikki marta cho‘zish uchun yetarli bo‘ladi.
Raqamlashtirish sanoatning bu jihatini ham chetlab o‘tmadi. QR-kodli yorliqlar kabi raqamli texnologik yechimlar kundalik hayotimizga kirib kelmoqda. Raqamli yorliqlarga o‘tish etiketkalash chiqindilarini sezilarli darajada kamaytiradi va dekarbonizatsiya ishlariga katta natijalarga erishiladi, natijada sanoat ta’minot zanjirlaridan kamida CO2 ekvivalenti 343,000 tonnaga kamayadi.
Sanoatdagi global qiymat zanjiridagi barcha manfaatdor tomonlarning kuzatuvchanligi, shaffofligi va hisobdorlikka bo‘lgan talab ortib borayotgandigi sababli, eskirgan, moslashuvchan bo‘lmagan va murakkab etiketlash talablarini bajarish va yangilash va o‘z iste’molchilariga ekologik toza elektron yorliq orqali yanada qulayroq ma’lumotlarni taqdim etish vaqti keldi.
O‘zbekistonning barcha tikuvchilik va trikotaj korxonalari vakili bo‘lgan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




