Samarqand viloyat statistika boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilda viloyatda joylashgan korxonalar tomonidan eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari qiymati 79,2 mln.ni tashkil etdi.
Bu umumiy eksportning 26,8 foizini tashkil etdi va ko‘rsatkichlar o‘tgan yilga nisbatan 21,3 foizga o‘sdi.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida:
🔹 Gilamlar 30,3%;
🔹 Tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari 22,6%;
🔹 Paxtadan yigirilgan ip 25,0% asosiy ulushni egallagan.
Mamlakatimizning to‘qimachilik sanoatini diversifikatsiya qilish va tayyor mahsulotlar eksportini rag‘batlantirish borasidagi amaliy ishlari natijasida, viloyatimizning ushbu sohadagi salohiyati oshib bormoqda.
Yil boshidan 101 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 27 ta davlatiga eksport qilingan.
To‘qimachilik mahsulotlarining eng katta ulushi:
🇷🇺 Rossiya $19,5 mln. – 24,6%;
🇨🇳 Xitoy $13.0 mln. – 16,5%;
🇹🇷 Turkiya $12,7 mln. – 16%, hissasiga to‘g‘ri keldi.
🔗 @uzts
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




