“Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik va tkuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eskport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni bilan eksport hajmining 5,0 mlrd dollarga yetkazish, korxonlarning quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish, bo‘sh ish o‘rinlarni to‘ldirish vazifasi qo‘yildi va bunda katta salohiyatga ega bo‘lgan gilamchilik va uy to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga urg‘u berildi.
Jumladan, Taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi tomonidan 2023 yilda sohani rivojlantirish uchun 300 mln dollar imtiyozli mablag‘lar ajratilib, ularning 200 mln dollari to‘qimachlik mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning aylanma mablag‘larini to‘ldirishga, 100 mln dollari esa gilamchilik va uy to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
I. Eksportni qo‘llab quvvatlash
– eksport qilishda tashish xarajatlarining 70 foizini kompensatsiyalash tartibi kengaytirilib, endilikda Yevropa davlatlariga qo‘shimcha ravishda Turkiya, Marokash, Shimoliy va Janubiy Amerika, Arab, Koreya va Yaponiya davlatlariga hamda tayyor mahsulotlar bilan birgalikda gazlama va trikotaj matolarga xam joriy qilinadi.
Buning natijasida joriy yilda 210 dan ortiq eksportchi korxonalar ushbu subsidiyalardan foydalanib 100 mln. dan ortiq dollarlik eksport amalga oshirilishi imkoniyati yaratildi.
– tashqi bozorlarda to‘qimachilik mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan yirik savdo omborlarini tashkil etish xarajatlari Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab beriladi.
Joriy yilda 10 ta (Germaniya, Italiya, Polsha, Rossiya, Portugaliya, Frantsiya, Turkiya, Yaponiya, Angliya, Marokash) davlatlarida O‘zbekiston to‘qimachilik Xablarni tashkil etish orqali 200 mln dollarlik eksport amalga oshirish imkoni yaratiladi.
II. Ishlab chiqarishni kengaytirish
– gilamchilik, uy tekstili va tayyor maxsulotlar ishlab chiqarishga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 mln.doll. 3 yillik imtiyozli davr bilan 4-5 foizdan 10 yil muddatga ajratiladi
– 2024 yilda qo‘shimcha 100 mln.doll ajratiladi
Ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida:
– ip kalavani qayta ishlash darajasi 60 foizni tashkil etadi;
– 85 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 119 foizni tashkil etadi.
– 50 ta yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi o‘zlashtiriladi;
– uy tekstil mahsulotlari hajmlari 153 mln dona (30 foiz), gilam mahsulotlari 12,4 mln kv. m. (18 foiz)ga ortadi. 2023-2024 yillarda qo‘shimcha eksport saloxiyati 850 mln dollarni tashkil etadi.
Bunda, tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 1,24 barobarga oshib, 2,8 mlrd donaga yetkaziladi.
Eksportchi korxona uchun subsidiya ajratish bo‘yicha tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 30 sentyabrdagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 556-sonli qaror bilan tasdiqlangan
Tartibga ko‘ra, Eksportni rag‘batlantirish agentligi har oylik undirilgan yig‘im qiymatini aniqlaydi hamda tayyor mahsulotlarni eksportini amalga oshirgan korxonalar ro‘yxatini shakllantiradi. Jamlangan yig‘im hisobot oyidan keyingi oyning 20 sanasigacha korxonalarga Agentlik tomonidan o‘tkazib beriladi.
Misol (2023 yil mart uchun), korxona oy davomida korxona 1 mln dollar miqdorida tayyor mahsulot eksport qilgan. Oy davomida jami tayyor mahsulotlari eksporti 70 mln dollar bo‘lgan (Agentlik bojxona ma’lumotlaridan aniqlaydi). Agentlikka bundan kalava-ip eksportidan undirilgan yig‘imning 70 foizi hisobiga 10 mlrd so‘m mablag‘ tushgan.
“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi axborot xizmati
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




