Bugun “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi sanoat yetakchisi sifatida o‘z faoliyatini bilan jamoatchilikni birinchilardan bo‘lib tanishtirdi.
Uyushmaning har bir bo‘limi o‘zining kunlik faoliyatida Uyushma a’zolari va to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishda amaldagi ishlari bilan tanishtirdi.
Uyushmaning ustuvor vazifasi – tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, uyushma a’zolari manfaatlari yo‘lida tashqi va ichki siyosatni tug‘ri shakllantirish, eksport xajlarini oshirish va ishlab chiqarishni jadallashtirishga qaratilgan.
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati dunyo miqesida barqaror va shaffof deb e’tirof qilimoqda. Ushbu yo‘lda Uyushma shaffoflikni olg‘a surmoqda va o‘z misolida namoyen etdi.
Jurnalistlar va jamoatchilik bilan bo‘lgan davra suhbati munozara va takliflarga boy bo‘ldi. Xususan ushbu formatdagi uchrashuvlar ko‘proq tashkil etish taklifi barcha ishtirokchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Hususan, uyushma raisi maslaxatchisi D.Muxammedova uyushma eshiklari barcha uchun doim ochiqligini ta’kidlagan bo‘lsa, To‘qimachilik sanoatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i S.Boboqulov uyushmaning paxta va xom ashe masalalarida ko‘makchi ekanligini aytib o‘tdi.
Kadr va dual ta’lim masalalari yuzasidan Uyushma Oliy ta’lim muassalari va kadr boshqarmasi boshlig‘i S.Odinayev tomonidan yoritildi, Marketing va sifat menedjmentini joriy qilish boshqarmasi boshlig‘i M.Maxmudov brendlar bilan ishlash, standartlarni ahamiyati va bunda Uyushma tomonidan olib borilayetgan masalalarga to‘xtaldi.
Ochiq eshiklar kuni takliflari:
– uyushma yanada xalqga va tadbirkorga yaqin bo‘lishi va birgalikda ish olib borishi;
– uyushma tomonidan milliy mahsulotlarni kino va seriallar orqali aholiga keng tadbiq qilishda ko‘maklashishi, mehrini oshirishi;
– to‘qimachilik savdo markazlarini tashkil etilishi;
– ichki bozor uchun sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish
Uyushmaning ilk “Ochiq eshiklar kuni” ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Biz eslatib o‘tamiz, barcha uchun uyushma eshiklari doimo ochiq!

O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




