Kuni kecha uyushma binosida Germaniyaning halqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) dasturi doirasida Kasbiy malaka va bilimlarni oshirish bo‘yicha va tarmoq kengash faoliyatini rivojlantirish yuzasidan halqaro ekspert Paul Komin bilan davra suhbatini o‘tkazildi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad soha mutahassislarning ko‘nikmalarni oshirish hamda kadrlarni tayyorlashda xukumat, o‘quv muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdan iborat edi. Natijada uch tomonlama hamkorlik o‘rnatilib kelajakdagi faoliyatlarda ko‘rinmas ko‘prik vazifasini bajarish ko‘zda tutilmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




