Odamzod paydo bo‘libdiki ilm olish va yangilik yaratishga intilib kelgan. Avval toshlarga, so‘ngra turli terilar va qog‘ozga o‘rganganlarini muhrlagan.
Alisher Navoiy «Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai», deya ta’kidlagan bo‘lsa, Amir Temur «Kitob – barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir. Hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir», deya uqtirgan.
Ko‘p kitob o‘qigan odam
- tafakkur doirasi boshqalarnikidan ajralib turadi
- olamni, hayot haqiqatini, yaxshi-yomonni teranroq anglaydi
- oila a’zolari, farzandlari va atrofdagilarni ham kitobning sirli olami tomon chorlaydi.
- ravon gapirishni, chiroyli jumlalar tuzishni o‘rganadi
- so‘z boyligi oshib, keng fikrlaydi
- Kitob o‘qish — aqlni charxlaydi, xotirani yaxshilaydi, Alsgeymer kasalligidan saqlaydi
- yangilik yaratishga undaydi.
- ichki xotirjamlik va uyquni yaxshilaydi, stressdan asraydi
- o‘ziga bo‘lgan ishonchi oshiradi
- yoshi nechada bo‘lishiga qaramay doimo o‘zini yosh his qiladi.
Sahovatpesha va o‘qishni keng targ‘ib etuvchi insonlar kuni kecha kutubxonamizga shaxsiy fondlaridan dunyo mumtoz adabiyoti durdonalarining 650 dan ortiq taqdim etishdi.
Taniqli yozuvchi Rey Bredberi ta’kidlaganidek, kitoblarni yoqishdan ham og‘ir jinoyat bor, bu masalan ularni o‘qimaslikdir. Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat esa yangilik yaratish, ma’naviy va kasbiy salohiyatini oshirishning ayni payti. Uyushmaning www.uzts.uz saytida joylashtirilgan elektron kitoblarni ham mutolaa qilishni unutmang.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




