Qashqadaryo viloyatiga relokatsiya qilingan Italiyaning Cotonella brendi O‘zbekistondan ishlab chiqarilgan mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi bozoriga ilk bor eksportini “Made in Uzbekistan” yorlig‘i ostida amalga oshirdi.
Ichki kiyim segmentida Italiya bozorining deyarli 98% ni egallagan mashhur brend O‘zbekistonni yangi sorsing markazi sifatida tanlab, yarim yildan kamroq vaqt ichida Ko‘kdalada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksporta yo‘naltirishga erishdi.
Yevropa davlatlarida xom ashyo bazasi yo‘qligi, energiya resurslari qimmatligi va ishchi kuchining keskin yetishmasligi tufayli to‘qimachilik maxsulotlarni ishlab chiqarish va raqobatlashish deyarli imkonsiz. Italiya kompaniyasining mahsulotlari paxtaga asoslanganligi sababli, O‘zbekiston relokatsiya uchun tanlab olinishiga hech qanday shubha yo‘q edi, Bunga mamlakat 3,5 million tonnadan ortiq paxta xomashyosi yetishtirilishi, energiya resurslari narxi nisbatan pastligi va malakali ishchi kuchiga egaligi sababdir.
Loyihani amalga oshirish maqsadida Italiya kompaniyasi 5 million dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar kiritdi. 2024 yil yanvar oyida kompaniyaning 100 ming dollar miqdoridagi uch turdagi trikotaj mahsulotlarining birinchi eksporti amalga oshirildi.
Korxonga “Ko‘kdala klasteri” paxta-to‘qimachilik klasteri negizida tashkil etilgan bo‘lib, unda 100 dan ortiq mahalliy aholi doimiy ish bilan ta’minlangan. Hamkorlik nafaqat yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish, balki sanoat korxonalarida xalqaro brend tajribasini joriy etishga ko‘maklashish imkonini beradi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




