Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma’lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korruptsiya va poraxo‘rlikdir. Aynan shu illat sababli ko‘plab davlatlarning inqirozga yuz tutgani ham tarixdan ma’lum.
Bugungi kunda korruptsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korruptsiya so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir.
Taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan O‘zbekiston uchun korruptsiyaning har qanday shakldagi ko‘rinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavfli.
Shu boisdan ham davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘z vakolatiga kirishishi bilan Prezident sifatida imzo chekkan eng birinchi hujjat “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bo‘ldi. Ushbu qonun me’yorlarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida Prezidentning 2017 yil 2 fevraldagi qarori bilan “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi” qabul qilindi. Dastur doirasida bir qator qonun loyihalari ishlab chiqildi, mavjudlari inventarizatsiyadan o‘tkazildi. Umuman olganda, so‘nggi yillarda qilingan ishlar tahlili aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korruptsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilganini ko‘rsatib turibdi.
Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.
Albatta, bajarilgan ishlar salmoqli. Ammo biz kechagi qilgan ishimizning natijasiga mahliyo bo‘lib qolsak, ertangi ishimizning yakuni biz kutganchalik bo‘lmasligi tabiiy.
Shundan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish muhim ahamiyatga ega. Bu esa korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha yangi tizimli choralar ko‘rilishini taqozo qilmoqda.
Yangi O‘zbekistonni barpo etishda bu illatga qarshi murosasiz kurashish madaniyatini shakllantirish maqsadida davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning shaxsan tashabbusi bilan 2017 yil 3 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonunning qabul qilinishi – davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining korruptsiyaga qarshi kurashishda kuch va imkoniyatlarini birlashtirib, yaxlit bir tizim yaratish hamda sohaga oid milliy qonunchilikni takomillashtirish imkonini berdi.
O‘tgan davr mobaynida korruptsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, sohani tartibga soluvchi huquqiy mexanizm va institutsional tizimlar yaratish ishlari izchillik bilan davom ettirildi.
Xalqaro hamjamiyatning korruptsiyaga qarshi kurashish
Bu sohada davlatlararo hamkorlikning huquqiy tartib-tamoyillarini belgilash maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2003 yil 31 oktyabrdagi 58/4-sonli qarori bilan Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi xalqaro konventsiya qabul qilingan.
Korruptsiyaga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari qator xalqaro huquqiy normalarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
- 2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan BMT ning Korruptsiyaga qarshi Konventsiyasi;
- 2000 yil 15 noyabrda qabul qilingan BMT ning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konventsiyasi;
- 1999 yil 27 yanvardagi Yevropa Kengashining “Korruptsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida” gi Konventsiyasi;
- 1999 yil 4 noyabrdagi “Korruptsiyaga uchun fuqarolik huquqiy javobgarlik to‘g‘risida” gi Konventsiyalari va boshqalar.
O‘zbekiston yuqorida ta’kidlangan xalqaro normalardan 2008 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korruptsiyaga qarshi Konventsiyasi, shuningdek, 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan Korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul Harakat rejasini ratifikatsiya qilgan.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida respublikamiz hayotining muhim sohalarida izchillik bilan amalga oshirilayotgan o‘zgarish, yangilanish, islohot va tashabbuslar sarhisobi qatorida o‘z yechimini kutayotgan xalqaro, mintaqaviy va milliy doirada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masalalar ta’kidlab o‘tildi. Jumladan, respublikamizda korruptsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlarni tizimlilik asosida muvofiqlashtirish va tubdan yangilash, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korruptsiya bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yish maqsadida yangi tuzilma – Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilgani ma’lum qilindi.
Davlat rahbari tomonidan yangi agentlikning xalqaro hamjamiyatga ma’lum qilinishining ahamiyati shundan iboratki, ushbu agentlik nafaqat respublikamizda korruptsiyaga qarshi kurashish ishlarini takomillashtiradi, balki xalqaro doirada ham mazkur illatga qarshi kurashish borasida o‘zaro hamkorlik ishlarini yangi bosqichga ko‘tarib, O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi ko‘p tomonlama faoliyati samaradorligini oshiradi.
2020 yil 29 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident farmoni bilan jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatini shakllantirish, uni muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda samaradorligini takomillashtirish maqsadida maxsus vakolatli davlat organi – Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.
O‘zbekistonda yangi Agentlik tashkil etilganini bir qator xalqaro tashkilotlar, jumladan, Jahon banki, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi, BMT Taraqqiyot Dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotlari yuksak mamnuniyat bilan kutib olib, agentlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va agentlik zimmasidagi vazifalarni amalga oshirishda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga hamda bu yo‘nalishda yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.
Bugungi kunda, agentlik tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikning yo‘nalishlari, rivojlantirish tendentsiyalari va amalga oshirish lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejalari aniq belgilab olingan bo‘lib, bu boradagi ishlarni jadal sur’atlarda olib borish yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, agentlik faoliyatiga xalqaro standartlarni va ilg‘or xorijiy tajribani tadbiq etish maqsadida bir qator xalqaro tashkilotlar vakillari va xorijiy ekspertlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad – yurtimizda korruptsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlardan xalqaro hamjamiyatni xabardor etish, xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnimizni yaxshilash, chet davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan tizimli hamkorlik qilishning yangi mexanizmlarini yaratishdan iborat.
Ta’kidlash lozimki, korruptsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, “Jamiyatimizda korruptsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.
Sohada amalga oshirilayotgan ushbu mazmundagi islohotlarning natijasi sifatida Transparency International xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan har yili e’lon qilib boriladigan “Korruptsiyani qabul qilish indeksi” da O‘zbekiston 180 ta davlat orasida 2017 yilda 157-o‘rin, 2018 yilda esa 158-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2019 yilda 25 ball bilan 153-o‘rinni egallab, 5 pog‘onaga ko‘tarildi[1].
Bundan tashqari, Jahon odil sudlov loyihasining Huquq ustuvorligi indeksidagi “Korruptsiyadan holilik” indikatorida O‘zbekiston 2019 yilda 0,38 ball bilan 95-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2020 yil bo‘yicha 128 davlat orasida 0,40 ball bilan 89-o‘rinni egallab, 6 pog‘onaga ko‘tarilganligi[2] malakatimizda korruptsiyaga qarshi tizimli olib borilayotgan islohotlarning samarasidir.
CORRUPTION PERCEPTIONS INDEX
2020-180/146 94 124 165 149
2019-153 113 126 165 153
2018-158
2017-157
- 2020–2021 yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”) ni bosqichma-bosqich joriy etish;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati, shuningdek ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar samaradorligini monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi E-Anticor.uz elektron platformasini joriy etish;
- korruptsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil dasturiy ta’minotni joriy etish[1].
Xorijiy amaliyot tahlili shuni ko‘rsatdiki, bozor iqtisodiyoti qonunlarga asoslangan mamlakatlarda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat va xususiy sektor ishtirokchilarining xalqaro standartlar, qonun hujjatlari va boshqa zamonaviy usullarga muvofiq samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi muhim vositalardan biri o‘z tarkibida korruptsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat (compliance control) tizimini tashkil etish hisoblanadi.
Korruptsiyaga qarshi komplayens nazorati – davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korruptsiya xavf-xatarlari, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, qonun buzilishi va korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishni o‘zida mujassam etgan profilaktik tizimdir.
O‘zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi, Korruptsiyani oldini olish va “komplayens-nazorat” tizimini joriy etish boshqarmasi, 2-sektor rahbari Abdug‘aniyev Oybek Alisherovich.
Mamlakatimizda korruptsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, huquqni qo‘llash amaliyotida mansabdor shaxslarning korruptsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etayotganlik holatlari hali hamon uchramoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2017–2019 yillar davomida 6127 nafar mansabdor shaxsning pora olishi bilan bog‘liq jinoiy javobgarlik masalasi hal qilinganligi, 2019 yilning dastlabki olti oyida jami 661 nafar turli toifadagi mansabdor shaxslarga nisbatan korruptsiya bilan bog‘liq 590 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilganligi, korruptsiyaga qo‘l urgan va jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 25 nafari respublika, 36 nafari viloyat va 476 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirliklar, idoralar hamda korxona va tashkilotlarda ishlab kelganligi, korruptsiya jinoyatlarining asosan tibbiyot, ta’lim, davlat xizmati ko‘rsatish, xususan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga litsenziya va ruhsat berish bilan bog‘liq sohalarda[3] hali hamon kamaymayotganligi tashvishlidir.
Xorijiy davlatlar tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ko‘plab davlatlarda, xususan Singapur, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh kabi rivojlangan mamlakatlarda “Davlat xizmati to‘g‘risida” gi, “Davlat xizmatida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida” gi Qonunlar hamda davlat xizmatchilari, mansabdor shaxslar, shuningdek sudyalarning xatti-harakat me’yorlarini tartibga soluvchi Axloq kodekslari mavjud ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
E’tiborli jihat shundaki, mazkur normalar bilan davlat xizmatchilarining olishi mumkin bo‘lgan sovg‘a yoki hadyalarning aniq miqdori ham belgilab qo‘yilgan. Masalan, AQSh da ushbu miqdor 20 AQSh dollarini, Frantsiyada 35 yevro, Buyuk Britaniyada 140 funt, Rossiyada 3000 rubl etib belgilangan, Kanadada esa mansabdor shaxslarning pul ko‘rinishidagi sovg‘alar qabul qilishi qat’iyan taqiqlanadi, Singapurda davlat boshqaruvida faoliyat ko‘rsatuvchi mansabdor shaxslarning gonorar, zaym, qimmatli qog‘ozlar kabi to‘lovlarni olishi ta’qiqlangan [4].
Bundan tashqari, bugungi kunda ilg‘or xorijiy davlatlarning korruptsiyaga qarshi samarali kurash olib borish jarayonida qo‘llayotgan usullaridan biri bu davlat xizmatchilarining mol-mulki, daromadlari hamda katta hajmdagi harajatlarini deklaratsiya qilishning majburiy etib belgilanganligidir. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mansabdor shaxslarning noqonuniy daromad olishni oldini olish va manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etishdan iboratdir. Davlat xizmatida ushbu usul bugungi kunda 150 dan ortiq mamlakatda qo‘llanilmoqda[1].
Ta’kidlash joizki, davlat xizmatchilarining mulkiy deklaratsiya tizimi korruptsiyaning oldini olish, noqonuniy boyish va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashning qudratli vositasidir. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarning aksariyatida aktivlarni deklaratsiyalashning keng jamoatchilik uchun oshkora tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Korruptsiyaga qarshi amaldagi xalqaro standartlar, jumladan, BMTning Korruptsiyaga qarshi konventsiyasi va boshqa qator huquqiy hujjatlarda davlat xizmatchilari tomonidan aktivlarning e’lon qilinishi korruptsiyaga qarshi samarali vosita ekani e’tirof etilgan.
Bu borada Daniya tajribasiga ko‘ra, 2002 yilda qabul qilingan “Korruptsiya to‘g‘risida” gi Daniya Qonuni korruptsiyaning oldini olish chora-tadbirlarining ustuvorligini belgilovchi, ta’sirchan ogohlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan asosiy normativ-huquqiy hujjatdir. Xususan, ushbu qonunning qoidalari Daniya hukumati vakillarini har yili o‘z mol-mulki va shaxsiy daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni nashr etishga, xorijiy kompaniyalarda aktsiyalarga ega bo‘lishni taqiqlashga majbur qiladi, bu ularning boshqaruv faoliyatining oshkoraligi va shaffofligini, korruptsion holatlarini oldini olishga yordam beradi.
Korruptsiyani oldini olishning muhim omili shundaki, mamlakatda davlat xizmatchilari yuqori darajadagi ijtimoiy muhofazaga ega: ular bepul tibbiy xizmat va ta’lim olish huquqiga va ijtimoiy kafolatlarga tayanishlari mumkin, bu esa korruptsion harakatlar ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi.
Bundan tashqari, Finlyandiyada Moliya vazirligi davlat xizmatchilari axloqining asosiy muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanishi bilan xarakterlidir. Moliya vazirligi hukumat amaldorlari uchun imtiyozlar va sovg‘alarni berish va olish tartibini belgilaydi, shuningdek davlat xizmatchilari daromadlarini tekshirish vakolatiga ham ega. Finlyandiya milliy taftish byurosi (NAOF) esa mamlakatda korruptsiyani oldini olish maqsadida yilda ikki marotaba markaziy hukumat moliyasini tekshiradi, soliq siyosatini nazorat qiladi va siyosiy partiyalar va saylov kompaniyasini moliyalashtirishni nazorat qiladi.
Yuqoridagi tahlillar, korruptsiyaga qarshi kurashish hamda mazkur turdagi jinoyatlarni oldini olish borasida mamlakatimizda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligini ko‘rsatmoqda:
birinchidan, “Davlat xizmati to‘g‘risida” gi Qonun loyihasi ishlab chiqilib, muhokama qilinayotgan bo‘lsa-da, hali hamon mazkur Qonun qabul qilinganicha yo‘q. Shu sababdan “Davlat xizmati to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, shuningdek davlat xizmatchilarining Axloq kodeksini qabul qilish, mazkur normalarda davlat xizmatchilarining o‘z faoliyatini olib borish jarayonida amal qilishi lozim bo‘lgan hamda korruptsiyani vujudga kelishiga imkon yaratib beruvchi sabab va shart-sharoitlarni oldini olishga qaratilgan me’yorlar aks ettirilishi maqsadga muvofiqdir;
ikkinchidan, xalqaro va ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o‘rgangan holda davlat xizmatchilarining mol-mulki, daromadlari hamda katta hajmdagi harajatlarini deklaratsiya qilishni tartibga soluvchi normalarni milliy qonunchilik tizimiga implemenetatsiya qilish maqsadga muvofiqdir. Bu esa o‘z navbatida mansabdor shaxslarning mol-mulkidagi o‘zgarishlarni muntazam ravishda kuzatish imkoniniyatini beradi, deklaratsiyalarning ommaviyligi, ya’ni jamoatchilik uchun ochiqligi esa ularning korruptsiyaga qarshi kurashishdagi ahamiyatini yanada oshirishi shubhasizdir.
O‘zbekistonning yangilangan siyosati jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini oliy darajaga ko‘tarish, zamonaviy samarali davlat boshqaruvini joriy etish, davlat hizmatchilarida korruptsiyaviy holatlarning barcha ko‘rinishlariga qat’iy chidamsizlik ruhiyatini shakllantirish, xalq manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash kabi yuksak g‘oyalarga tayanmoqda. Avvalo, ushbu islohotlarning tub zamirida Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ustuvor g‘oya «Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak» asosiy tamoyilga muvofiq barcha imkoniyatlar xalqimiz manfaatlari yo‘lida safarbar etilishi ustuvor vazifa etib belgilanmoqda.
Xorijiy amaliyot tahlili shuni ko‘rsatdiki, bozor iqtisodiyoti qonunlarga asoslangan mamlakatlarda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat va xususiy sektor ishtirokchilarining xalqaro standartlar, qonun hujjatlari va boshqa zamonaviy usullarga muvofiq samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi muhim vositalardan biri o‘z tarkibida korruptsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat (compliance control) tizimini tashkil etish hisoblanadi.
Korruptsiyaga qarshi komplayens nazorati – davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korruptsiya xavf-xatarlari, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, qonun buzilishi va korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishni o‘zida mujassam etgan profilaktik tizimdir.
Komplayens nazorat tizimi ilk bor AQShda 1906 yilda vujudga keldi. Bunga zaruriyat mamlakat iqtisodiyotida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan kompaniya va korporatsiyalarning tashkil etilishi bilan bog‘liqdir.
Komplayens nazorat tizimini joriy etish bo‘yicha samarali tajribaga ega mamlakatlar amaliyotiga muvofiq ushbu xizmat eng keng tarqalgan quyidagi ikkita modeli qo‘llaniladi:
- Kompaniya va tashkilot faoliyatini faqatgina mavjud o‘rnatilgan ichki qonun va qoidalarga muvofiq tashkil etishga qaratiladi. Bunda komplayens xizmatini joriy etilishi minimal qoidalar bilan cheklanadi.
- Komplayens nazorat tizimining tashkil etilishi korruptsiya xavflarni baholashda xalqaro tashkilotlarning (Bazel bank qo‘mitasining tavsiyalari, Xalqaro komplayens assotsiatsiyasi) tavsiyalariga asoslanadi va bu modelda komplayens xizmatning maqomi, vazifasi, faoliyat doirasi asosan xalqaro standart va tavsiyalarga asoslanadi.
Mazkur ikki modelning o‘zaro farqli jihati, birinchi modelda komplayens nazorat tizimini o‘zida tashkil etayotgan kompaniya yoki tashkilot mavjud qonunlik me’yorlari yoki o‘zi ishlab chiqqan ichki qoidalar bilan tartibga solinadi va joriy etishning minimal talablari bilan cheklanadi.
Ikkinchi modelda esa faoliyatni tashkil etish nafaqat milliy qonunchilik, balki xalqaro standartlar va tashkilotlarning tavsiyalari asosida joriy etiladi. Ushbu shaklda ichki qonunchilik normalarida ko‘zda tutilmagan korruptsiya xavflariga faoliyat mos keladigan qo‘shimcha profilaktik qoidalarni joriy etish mumkin bo‘ladi.
Mazkur tajriba samaradorligi bilan ajralib turadi va asosan yirik iqtisodiy salohiyatga ega AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabi davlatlar amaliyotiga to‘g‘ri keladi.
Qonunning o‘ziga xosligi shundaki, unda komplayens xizmatida kadrlar masalasiga (compliance officer) to‘xtalib o‘tilgan hamda kompaniya ichidagi korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabardor etishga (whistleblowing policy) aniq qoida va tartibni keltirib o‘tadi.
Davlatimizning korruptsiyaga qarshi qonunchiligida komplayens nazorat tizimi amaliyotining kirib kelishi O‘zbekiston Respublikasi 27.05.2019 yildagi “O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-sonli Farmonida ushbu sohada belgilangan asosiy vazifalardan biri etib, ustav jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan korxona va tashkilotlarda qarshi kurashish choralarini kuchaytirish maqsadida korruptsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat tizimini joriy etish va uning samaradorligini tizimli monitoringini amalga oshirish vazifasi belgilandi. Ushbu normativ hujjatlar ilk bor komplayens nazorat tizimini milliy darajada joriy etish masalasi ko‘tariladi.
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, davlat va xususiy sektor faoliyatida korruptsiyaga qarshi kurashish «komplayens nazorat» tizimini joriy etishning qator samarali omillarga xizmat qiladi.
Jumladan, mazkur tizim korruptsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularni minimum darajaga tushirishga xizmat qiladi.
CORRUPTION PERCEPTIONS INDEX
2020-180/146 94 124 165 149
2019-153 113 126 165 153
2018-158
2017-157
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




