Ushbu ikki tomonlama kelishuv keyingi yillarda to‘qimachilik sanoatida texnologiyalar va butlovchi qismlarni respublika hududida ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, Davlat Rahbarining mahalliylashtirish bo‘yicha qaroriga muvofiq yangi loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratadi.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati va Koreyaning “DGMC” mashinasozlik korporatsiyasining prezidenti Vo-Gak Choy hamda Koreyaning 15 dan ortiq yirik texnologik kompaniyalari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa orqali uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Pandemiya bilan mavjud cheklovlar tomonlarni yuzma yuz muzokara olib borishi va O‘zbekistonga tashrifini orta surgan bo‘lsada, ammo ikki tomonlama kelishuvni tantanali ravishda imzolanishiga to‘sqinlik qila olmadi.
Ushbu uchrashuv har ikkala tomon uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, bunda to‘qimachilik mashinasozligidagi yangi loyihalarni amalga oshirish, shu bilan birgalikda to‘qimachilik sanoatida zamonaviy texnologiyalar va raqamlashtirishni keng joriy qilish, ilm-fan va kadrlar tayyorlash masalalarida muhim ahamiyat kasb etdi.
Ayni damda, respublikamizda Koreyalik hamkorlar ko‘magida bir qator loyihalar amalga oshirilgan, jumladan, hozirgi kunda Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan Kor-Uz Textile Techopark eng so‘nggi rusumdagi texnologiyalarda yangi turdagi mato va kiyimlarni yaratishga, ilmiy ishlarni va tadqiqotlarni olib borishga qaratilgan.
Tomonlar keng qamrovli hamkorlikni belgilovchi Anglashuv memorandumini tantanali ravishda imzolashdi.
Muzokaralar davomida, ikki tomon joriy yil iyul oyida Koreya davlatining nufuzli korxonalar rahbarlari O‘zbekistonga tashrifi hamda tashrif davomida O‘zbekiston korxonalari va Koreya korxonalari o‘rtasida konferentsiya hamda biznes forum o‘tqazish kelishib oldi. Shuningdek sentyabr oyi bo‘lib o‘tadigan Uztextile Expo – xalqaro to‘qimachilik va moda sanoati ko‘rgazmasi va CAITME – Markaziy Osiyo to‘qimachilik mashinasozligi va texnologiyalari ko‘rgazmasida koreyalik kompaniyalar qatnashishi kelishib olindi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




