Joriy yilning 15 maydagi hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy ishlovchi Respublika komissiyasining bayoni bilan “Mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi tasdiqlangan.
Ushbu Nizom mahsulotlarni eksportga tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilishga taqdim etiladigan subsidiyalarning qat’iy belgilangan miqdorlari jadvaliga muvofiq mahsulot turi, hajmi va eksport yo‘nalishidan kelib chiqib ilovaga muvofiq belgilanib berilgan.
Ushbu ilovaga muvofiq hisoblangan kompensatsiya miqdori eksport qiluvchi amalga oshirilgan haqiqiy transport xarajatlarining 50 foizidan oshib ketgan holatlarda kompensatsiya miqdori eksport qiluvchi transport xarajatlarining 50 foiziga teng bo‘ladi.
Misol uchun: paypoq mahsuloti hajmi 13500 kg, eksport qiymati 893 466 000 so‘m (88200 doll.), import qiluvchi davlat – Germaniya, transport xarajati – 29 000 000 so‘m uning 50 foizi 14 500 000 so‘m, qat’iy belgilangan subsidiya miqdori 740 so‘m/kg. Kompensatsiya miqdori: qat’iy belgilangan subsidiya miqdori bo‘yicha – 13500*740=9 990 000 so‘m (34 foiz) kompensatsiya miqdori to‘lab beriladi.
Ma’lumot uchun: Hududlar va tarmoqlarning eksport salohiyatini rivojlantirish masalari bo‘yicha Respublika komissiyasiga joriy yilning 8 maydagi 04/20-1280-sonli xat hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.U.Umurzakovga joriy yilning 12 maydagi 01/20-1307-sonli xatlar bilan kalava ip (TIF TN 5205 kodi) mahsulotlarini eksport qilishda tashish xarajatlarini 50 foizgacha miqdorda kompensatsiya qilish subsidiyalar amaliyotini ham qo‘llashda amaliy yordam so‘ralgan.
1-ilova
| t/r | Maxsulot nomi | TIF TN
kodi |
Afg‘oniston | Ros siya |
Belarus,Ukraina, Moldova | Kavkaz davlat lari |
Osiyo qit’asi | Yevropa qit’asi | Amerika qit’asi | Afrika qit’asi | Boshqalar (Avstraliya va orol davlatlar) | ||
| Yaqin Sharq va boshka Osiyo davlat lari |
Osiyo-Tinch okeani davlatlari | ||||||||||||
| Avtomobil transportida tashilganda | |||||||||||||
| 1 | Gazlama va tikuv-trikotaj mahsulotlari,to‘qima gilamlar | 5208-5212,
60, 61-63, 5702429000 |
225 | 360 | 450 | 495 | 495 | 1240 | 740 | 495 | 495 | 1240 | |
| Temir yo‘l transportida tashilganda | |||||||||||||
| 1 | Gazlama | 5208-5212 | 133 | 562 | 691 | 299 | 664 | 1635 | 1269 | 1315 | 1086 | 1834 | |
| 2 | To‘qima gilamlar | 5702429000 | 130 | 751 | 795 | 365 | 664 | 1635 | 1269 | 1316 | 1086 | 1834 | |
| 3 | Trikotaj mato | 60 | 118 | 764 | 889 | 374 | 653 | 1635 | 1269 | 1315 | 1058 | 1834 | |
| 4 | Tikuv-trikotaj mahsulotlari | 61-63 | 214 | 1249 | 1379 | 589 | 664 | 1635 | 1269 | 1315 | 1086 | 1834 | |
so‘m/kg
| t/r | Mahsulot nomi | Moskva | Novosi birsk |
Dubay | Pekin | Shanxay | Tyanzin | Seul | London | Boshqa davlatlar (shaharlar) | ||||
| 3000 km gacha bo‘lgan masofaga | 3000-4000 km masofaga | 4000-5000 km masofaga | 5000-6000 km masofaga | 6000 km.dan ortiq maso faga |
||||||||||
| Havo transportida tashilganda | ||||||||||||||
| Barcha turdagi mahsulotlar | 7250 | 7250 | 5500 | 6250 | 6500 | 10500 | 9000 | 14000 | 7200 | 8100 | 9900 | 11700 | 13500 | |
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




