Hukumatimiz tomonidan to‘qimachilik, xususan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar hajmi va turini kengaytirish, eksport salohiyatini yanada oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Natijada, mamlakatimizning barcha hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar soni ortib, mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan e’lon qilingan «Respublika tanlovida» Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidan ishtirok etgan uyushma tarkibidagi “DILRABO-SDA“ MCHJ rahbari Sodiqova Ma’sudaxon «Eng namunali ayol ish beruvchi» nominatsiyasi bo‘yicha mutlaq g‘olib deb topildi.
Ushbu yuksak unvon bilan M. Sodiqovani chin qalbdan tabriklaymiz.
Mamlakatimiz tikuv-trikotaj va eksport salohiyatini yuksaltirishdagi ishlarida omad tilaymiz !
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




