Hurmatli jurnalistlar,
Yaqinlashib kelayotgan Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan barchangizni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va tarmoq korxonalari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda hayotimizni ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilish qiyin.
Dunyo va mamlakatimizda ro‘y berayotgan hodisalarni tezkor, sifatli va xolisona yoritishda Siz azizlarning xizmatingiz ulkan.
Ma’lumki, Ommaviy axborot vositalarining ishi hamma zamonlarda ham og‘ir va mas’uliyatli bo‘lgan.
Xususan, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida ro‘y berayotgan islohotlarni keng yoritish, chekka qishloq va tumanlardan sohaga oid xabarlarni tezkor yetkazib, soxa nufuzini oshirishdagi rolingizni alohida ta’kidlab o‘tmoqchimiz.
Ushbu fursatdan foydalanib, kasbiy bayram bilan barchangizni samiymiy qutlaymiz, kelgusi ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolamiz!
Hurmat bilan, Uyushma jamoasi
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




