O‘zbekiston va Misr o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, xususan respublikamizda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarini Misr davlatiga eksport xajmini oshirish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi hamda Misr Savdo palatalari federatsiyasi, Misr savdo palatalari uyushmasi, To‘kimachilik sanoati palatasi bilan hamkorlikda 2022 yil 10 mart kuni respublikamizning to‘qimachilik sanoatidagi salohiyatli korxonalarning Misrlik ishbilarmonlar e’tiboriga eksportbop mahsulotlar taqdimotlari onlayn uchrashuv orqali tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda O‘zbekistondan o‘z mahsulotlarini Misr bozoriga yetkazib berish istagidagi 10 dan ortiq mahalliy tadbirkorlik sub’yektlari, ya’ni “GLOBAL TEXTILE GROUP” MCHJ (GLOBAL TEXTILE brendi), “OSBORN TEXTILE” MCHJ (Osborn brendi), “PLASTEKS” MCHJ, “BUKHARA COTTON TEXTILE” MCHJ QK (BCT Denim division brendi), “Charogon Textile” MCHJ (Charog’on brendi), “Shaxnoza Sharipova Hunarmand” (voris.uz brendi), “ELEGANT GARMENT TEXTILE” MCHJ (EGT brendi), “FARALI TEXTILE” (Farali brendi) MCHJ, “NIL GRANIT” MCHJ (SAMO brendi) tomonidan o‘z ishlab chiqarish faoliyatlari va mahsulotlari taqdimotlari o‘tkazildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




