Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan to‘qimachilik korxonalari vakillari tomonidan ijobiy fikrlar berilmoqda.
Shulardan biri, Global Textile Group korxonasida marketing va savdo bo‘limi rahbari Abdulvosid Abdullayev:
— Hozirgi kunda Moskva shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro “Intertkan” matolar ko‘rgazmasida o‘z mahsulotlarimiz bilan ishtirok etyapmiz.
Ko‘rgazma davomida bir qator taniqli chet-el Medas va Saka Holding korxonalari bilan ijobiy muzokaralar olib borilmoqda va shartnomalar imzolanmoqda.
Shunga o‘xshash xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish korxonamiz eksport salohiyatini rivojlantirishga va o‘zimizning milliy mahsulotlarimizni jahon bozorida yanada tanitishga imkon beradi, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz.
#Intertkan2021
#Uztextile #Uztextileprom
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




