«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti (TTESI) bilan imzolangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq Institut tarmoq bilan aloqasini yanada mustahkamlash va samaradorligini oshirish, institut professor – o‘qituvchilarini soha texnika va texnologiyasining eng so‘nggi yangiliklaridan doimiy xabardor bo‘lish, o‘quv jarayonida undan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida sohaning zamonaviy korxonalari bilan stajirovkalarini tashkil etish belgilangan.
2021 yil 15 sentyabrda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bir guruh professor va o‘qituvchilari tomonidan “MS BARER TEXTILE” O‘zbek-Turk qo‘shma korxonasi ishlab chiqarish, yangi dastgohlari, innovatsion ishlanmalar va yangi turdagi mahsulotlar bilan tanishish bo‘yicha safar tadbiri tashkil etildi.
“MS BARER TEXTILE” bosh rahbari V.Kelesh tomonidan korxona faoliyati bo‘yicha so‘zlar ekan – «ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun tikuv fabrikalarining asbob-uskunalari va jihozlarini modernizatsiyalash yoki to‘liq yangilash, hozirgi kunda qo‘lda bajarilayotgan ishlarni modellash va saralash jarayonlarini avtomatlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish va ularning sifatini xalqaro bozorlarning talab darajasiga yetkazish zarurdir» – deb ta’kidladi.
Shuningdek, korxonadagi mavjud dastgohlar va innovatsion ishlanmalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan to‘laqonli ma’lumotlar berildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




