Popda yana 1200 nafar ayollar va yoshlar daftarlariga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar yangi ish o‘rni bilan ta’minlanadi
Bugun Pop tumani Anhor mahallasi hududida joylashgan “Shofirkon ekvatorial teks” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 85 milliard so‘m bo‘lgan 1200 o‘rinli tikuvchilik korxonasining birinchi bosqichi ishga tushirildi va 500 kishining bandligini ta’minlandi.
Tikuv tsexini tashkil etilishi tumandagi 1200 nafar ayollar va yoshlar daftarlariga kiritilgan ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Korxonada turli xil kiyim kechaklar va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqiladi.
Tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov o‘z so‘zida Pop tumani mana shunday yuqori ish o‘rniga ega bo‘lgan korxonalarni ochishga salohiyati yetarli va biz tez kunda yana bir navbatdagi ob’yektni ochishda sizlar bilan ishtirok etamiz deydi.
“Shofirkon ekvatorial teks” MCHJ tomonidan yillar davomida Pop tumanidagi sobiq «Uzruberoid» MCHJning bo‘sh turgan binosi endi zamonaviy holatga keltirildi. Hozirda korxona tomonidan ushbu ajratib berilgan bino-inshootlar to‘liq ishlab chiqarish uchun moslashtirilib, qurilish-montaj ishlari yakunlandi hamda Yaponiya, Turkiya, Italiya va Xitoy davlatlaridan zamonaviy tikuv uskunalari va boshqa jihozlar keltirilib o‘rnatildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




