O‘tgan haftada Namangan viloyati to‘qimachilik korxonalari tashabbusi bilan ” O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ishtirokida Direktorlar Kengashi tashkil etildi. Ushbu Kengash maslahat, kollegial organ bo‘lib, hududlardagi tashkilot va hokimiyatlardagi to‘qimachilik va kiyim-kechak sanoati korxonalari manfaatlarini ifodalaydi, soha korxonalari o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Namangan viloyatida Direktorlar kengashining ish boshlashi bejiz emas albatta. Viloyat Respublika to‘qimachilik sanoati rivojlangan viloyatlardan biri bo‘lib, sanoat korxonalari shiddat bilan rivojlanmoqda va sanoat o‘sishiga salmoqli hissani qo‘shib kelmoqda. Viloyatning erkaklar uchun kiyim ishlab chiqaruvchi korxonalari nafaqat O‘zbekiston, balki chet el davlatlarida ham mashhur. “Ideal”, “Emir”, “D.Maretti” kabi brendlar jahon bozorida o‘z o‘rnini egallagan.
Direktorlar kengashi sanoatni barqaror mintaqaviy rivojlantirish (hududiy dasturlarni amalga oshirish), sanoat korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha takliflar kiritadi, davlat va mahalliy hokimiyat organlarida sanoat korxonalari manfaatlarining o‘zaro munosabati va ifodalaydi, viloyat to‘qimachilik va trikotaj sanoati korxonalarining hududiy va milliy darajada jadal rivojlanishi va barqaror ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolar bo‘yicha takliflarni aniqlaydi va takliflar kiritadi.
6 may kuni Direktorlar Kengashining birinchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, unda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati ishtirok etib, Direktorlar Kengashi raisi va rais o‘rinbosarlari belgilandi. Direktorlar Kengashi qaroriga ko‘ra «Namangan to‘qimachi» MCHJ rahbari Nosirxon Akbarov Direktorlar kengashi raisi, “Art Soft Holding” rahbari Olimxon Babaxanov rais o‘rinbosari, “Chust Textile” ta’sischisi Dilshod Ismatullayev rais o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




