Shifoxonalarda koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlarni davolash uchun zarur kislorodli kontsentratorlarga talab oshdi. Oliy Majlis Senati a’zosi Nurmuhammad Ochilov xayrli ish tashabbuskori bo‘ldi.
N. Ochilov Xitoydan 100 dona kislorodli kontsentrator xarid qilib, ularni G‘ijduvon, Olot, Jondor, Vobkent, Shofirkon tuman va Kogon shahar tibbiyot birlashmalari hamda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga yetkazishga bosh-qosh bo‘ldi.
— Kasallikka chalingan yurtdoshlarimizning tezroq tuzalib, oilalari bag‘riga qaytishlari hammasidan muhim, — deydi Oliy Majlis Senati a’zosi.
Savobli ish odamlar salomatligiga befarq bo‘lmagan tadbirkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Chunonchi, viloyatdagi “Merganteks” paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan xarid qilingan 100 dona xuddi shunday tibbiy uskuna ham shifo maskanlariga topshirildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




