TO‘QIMACHILIK, BO‘YOQ VA TIKUV KORXONALAR RAXBARLARI VA MUTAXASSISLARI DIQQATIGA!
Joriy yil 27 may kuni soat 14:00 da to‘qimachlik, bo‘yoq va tikuv korxonalarida ishlatiladigan innovatsion kimyoviy vositalar ishlab chiqaruvchi Turkiyaning «Helbeto Tuketum Urunleri» kompaniyasining Jizzax viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalarida yetishtiriladigan maxsuloti xaqida onlayn video-konferents-aloqa o‘tkaziladi. Ushbu korxona quyidagi maxsulotlar ishlab chiqaradi:
– Bo‘yoq maxsulotlarini eritish uchun murakkab efirlar.
– To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan pardozlash materiallari.
– To‘qimachilik bo‘yoqlarini dastlabki kayta ishlash va yordamchi moddalar.
Shu bilan birgalikda, Slovakiyaning “RESYSLE” kompaniyasining O‘zbekistonda tashkil qilinayotgan ishlab chiqarish korxonasi o‘z innovatsion maxsulotlariini taqdimotini o‘tkazishi rejalashtirilgan. Jumladan sport kiyimlari, paypoqlar va ich kiyimlar, xarbiylar va maxsus xizmatchilar uchun moslashtirilgan kiyimlar ishlab chiqarishda va boshqa yo‘nalishlarda keng ishlatiladigan Polipropilen tolalardan tayyorlangan iplarni qo‘llanilishi va xususiyatlari xaqida batafsil ma’lumot tarqatiladi.
Video-konferents-aloqa ZOOM platformasida 27 may kuni soat 14:00 da «O‘zkimesanoat» AJ ishtirokida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan o‘tkaziladi.
Xalqaro tadbirimizda bepul ishtirok etish uchun quyidagi manzil orqali bog‘lanishingiz mumkin:
https://us02web.zoom.us/j/83553526957?pwd=YmxiNU03Q0Y3TjBkQVh5WU0ydG9Edz09
Video-konferents-aloqaning identifikatsiya raqamlari: 835 5352 6957
Kalit raqamlari (parol): 953373
Bo‘sh o‘rinlar cheklangan!
Sizlarni kutamiz!
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




