O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Uchtepa tumani hokimiyati tomonidan tumandagi bir guruh o‘rnak ko‘rsatayotgan soha xodimlari rag‘batlantirildi
Yurtimizda Ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatish, ularni e’zozlash, ijtimoiy imtiyozlar yaratish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda har yili 1 oktyabr kuni «Ustozlar va murabbiylar kuni», deb belgilanib, shu kunda xalqimiz bayram qilib, ustozlarga ko‘proq hurmat-izzat ko‘rsatadilar, dillariga xursandchilik baxsh etishga harakat qiladilar.
Aynan ushbu ezgu maqsadni ko‘zlagan xolda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan uyushma tarkibiga kiruvchi kasb-hunar kollejlari rahbarlarini va ular orqali barcha o‘qituvchilarni bayram bilan samimiy qutlandi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ustozlarni qadrlash haqida so‘z ketganda beixtiyor hazrati Mir Alisher Navoiy bobomizning ushbu so‘zlari yodimizga tushadi:
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqqin ming ganj ila.
Barkamol avlod va sog‘lom jamiyat oldida katta mas’uliyat sohibi bo‘lgan barcha ustoz va murabbiylarimizga, shu jumladan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ustozlarini kasb bayramlari bilan samimiy qutlaymiz va ularga mustahkam sog‘lik va sharafli kasblarida omadlar tilab qolamiz.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




