Maktab o‘quvchilarini 7-sinfdan boshlab kasbga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirish, yuqori sinflarda zamonaviy kasb-hunar egallashlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda yoshlar orasida o‘zini-o‘zi band qilish kabi mehnat shakllarini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Bu borada Zomin tumanidagi 60-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha bo‘yicha alohida to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bugun ushbu maktabning tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kursida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining Dizaynni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Kamola Gulyamova mehmon bo‘ldi.
Uchrashuv davomida malakali mutaxassis tomonidan o‘quvchilarga mahsulot tayyorlashda uning tashqi dizayniga alohida yondoshish lozimligi, bu borada e’tibor beriladigan jihatlar borasida tushunchalar berildi.
Shuningdek, tashrif davomida o‘quvchilar uchun Zomin shahri markazida joylashgan “Elephantino” bolalar kiyimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tikuv fabrikasiga sayoht tashkil etildi.
Zomin tumani hokimligi, Axborot xizmati
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




