Markaziy Osiyoda submintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va uning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi maqsadida 1998 yilda BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti bo‘yicha maxsus dasturi (SPECA) ishga tushirildi.
Joriy yil 22-24-noyabr kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida ushbu dasturga a’zo davlatlar sammiti bo‘lib o‘tdi, unda Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston Rahbarlari, shuningdek, Gruziya va Vengriya Bosh vazirlari, Turkmaniston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakili ishtirok etdi.
Sammit davomida SPECA ga a’zo mamlakatlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Unda O‘zbekiston to‘qimachilik kompaniyalari mahsulotlari namunalari ham namoyish etildi. Ko‘rgazmada bir qator «Green Stream», «Katan Textile», «VMR Tekstil» va «MS Inshaat» kabi xorijiy bayerlar va yirik savdo tarmoqlari bilan muzokaralar o‘tkazildi. Natijada, korxonalar O‘zbekiston tovarlari uchun nol bojxona boji va QQS hamda uning xalqaro sifat standartlariga muvofiqligini hisobga olib, O‘zbekiston ishlab chiqarish korxonalari bilan ishlash istagini bildirdilar.
Bundan tashqari, Ozarbayjon Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi iqtisodiy zonalarni rivojlantirish agentligi rahbariyati bilan uchrashuvda qo‘shma investitsiya loyihalarini yanada rivojlantirish, klasterlar tizimini o‘rganish masalalari muhokama qilindi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




