Yaponiyada yuqori sifatli sochiq va tayyor kiyim ishlab chiqarish uchun O‘zbekistondan tanlab olingan paxta ip-kalavasidan foydalanish bo‘yicha 2021-yilda o‘zbek-yapon qo‘shma Samarkandaria® loyihasi ishga tushirildi.
Katta ishonch bilan aytish mumkinki, mazkur loyiha o‘zining ajoyib natijasini berdi: Yaponiya bozoriga mashhur IMABARI brendi tarmog‘ida organik paxta ip-kalavalari yetkazib berila boshlandi.
Shuni ta’kidlash muhimki, IMABARI – 120 yildan ortiq vaqt davomida sochiq ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lgan jahonga mashhur yapon brendi. U o‘zining “xavfsiz, ishonchli va sifatli” mahsulotlari bilan yapon sifati vakili sifatida o‘zini namoyon qildi.
Endilikda “Parvoz Xumo Ravnaq” (“HAJ TEX”) O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterining organik mahsuloti Yaponiya brendining yumshoq sochiqlar ishlab chiqarish zanjirida mavjud bo‘ladi. Yaponiyaga organik kalava eksporti “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ko‘magida amalga oshirildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




