Mamlakatimizdagi korxonalarning xorijiy brendlar ishlab chiqarish zanjiriga qo‘shilish bo‘yicha yetakchi kompaniyalar va riteylerlar bilan muzokaralar o‘tkazish borasida olib borilayotgan ishlar natijasida mamlaktimizning Madriddagi elchixonasi tomonidan Ispaniyaning “El Sorte Ingles” kompaniyasi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi o‘rtasida VKA orqali muzokaralar tashkil etildi.
Muzokaralarda ispan tomonidan “El Sorte Ingles” kompaniyasi vakili Pedro Kazero Sanches-Atiyensa (Pedro Casero Sanchez-Atienza) va “Gedepsa” konsalting promouter kompaniyasi rahbari Alexandro Pastrana Molero (Alejandro Pastrana Molero), o‘zbek tomonidan “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi raisi Ilhom Xaydarov va uyushma mutasaddilari ishtirok etishdi.
Ma’lumot uchun: El Corte Inglés («El Kórte Inglés») – 1940 tashkil etilgan Ispaniya savdo uylari tarmog‘i. Yevropada eng katta va jahonda to‘rtinchi o‘rindagi universal savdo tarmog‘i. El Corte Inglés kompaniyasining 92 savdo majmualari mavjud bo‘lib, 89 tasi Ispaniyada va 2 tasi Portugaliyada va 1 tasi Italiyada joylashgan. 81 ming ishchisi bor. 2020 yilda aylanmasi 10,4 mlrd yevro, sof foydasi 142 mln yevro.
Elektron tijorat yo‘nalishida “El Corte Inglés” Ispaniyadagi mijozlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda bo‘lib, tijorat veb-saytida ro‘yxatdan o‘tgan mijozlar soni 6 mln ga yaqin va oylik o‘rtacha 40 mln dan ortiq foydalanuvchilar www.elcorteingles.es internet sahifaga tashif buyuradi.
Videomuloqot mobaynida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.Xaydarov kompaniya vakilini O‘zbekistonning tekstil sohasidagi salohiyati to‘g‘risidagi taqdimoti bilan tanishtirib batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Jumladan, davlat Rahbari tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar natijasida hozirgi kunda O‘zbekiston tekstil sohasi tubdan o‘zgargani, paxta yetishtirish va uni qayta ishlash, tayyor mahsulot yaratish klaster tizimi asosida amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
Shuningdek, barcha jarayon klaster kompaniyalari tomonidan olib borilishi natijasida mazkur soha bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida faoliyat olib borayotganligi va xozirgi kunda mamlakatda yetishtiriladigan 1 mln tonna paxta to‘liq O‘zbekistonda qayta ishlanilishi ta’kidlandi. O‘zbek kompaniyalari o‘z mahsulotlari uchun Yevropa Ittifoqi bozorida talab etiladigan eng nufuzli halqaro sertifikatlarga ega bo‘layotganligi va bunday kompaniyalar soni kundan kunga o‘sib kelayotganligi aytib o‘tildi.
O‘z o‘rnida, 2021 yilning 9 aprelida O‘zbekiston Yevropa Ittofiqiga qator mahsulotlarni imtiyozli shartlarda yetkazib berishi imkonini beruvchi GSP+ dasturiga a’zo bo‘lgani Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga tekstil mahsulotlarini eksport qilishda bojxona to‘lovlari yo‘qligi va mamlakat hukumati tomonidan yuqori qo‘shimcha qiymatlik tovarlarni eksportida transport xarajatlarini 50% qoplab berilishi O‘zbekiston bilan tayyor tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish xozirgi kunda juda ham dolzarbligi aytildi. Bundan tashqari, eng muhimi 2011 yilda xalqaro Cotton Campaign koalitsiyasi tomonidan paxta yetishtirishda majburiy va bolalar mehnatidan foydalanib kelinganligi sababli O‘zbekiston paxtasiga qo‘yilgan boykot joriy yilning 10 mart kuni olib tashlaganini alohida qayd etildi.
Bularning barchasi bugungi kunda “El Sorte Ingles” kompaniyasi tomonidan unga teshli bo‘lgan brendlar uchun mamlakatimizning tekstil sohasidagi keng imkoniyatlari va fabrikalarimizning xalqaro andozalarga to‘liq javob bera oladigan tayyor mahsulotni ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha juda ham yaxshi imkoniyat berayotganligi ta’kidlandi.
Muzokaralar jarayonida “El Sorte Ingles” kompaniyasi vakili P.Kazero mamlakatimizdagi barcha ijobiy o‘zgarishlarni, jadal olib borilayotgan islohotlarni, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘yi va nufuzi o‘sib borayotganini alohida e’tirof etdi. O‘z navbatida, kompaniya hozirgi kunda o‘zbek tekstil fabrikalarning taqdimot materiallari bilan tanishayotgani va bir qator yo‘nalishlarda, sh.j. trikotaj, uy tekstili va ichki kiyimlar bo‘yicha buyurtmalarni O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarda joylashtirish masalasi kompaniya mutaxasislari tomonidan o‘rganilayotganligini aytib o‘tdi.
Shu bilan birga, “Gedepsa” kompaniyasi rahbari A.Pastrana j.y. 27-29 aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “UzTextileExpo Spring 2022” halqaro ko‘rgazmada ishtirok etganligi va mazkur tadbir mobaynida O‘zbekistonning yetakchi tekstil kompaniyalari bilan uchrashgani va ularning mahsulotlari bilan tanishganini aytib o‘tdi. A.Pastranaga ko‘ra, o‘zbek ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari yuqori sifati va eng muhimi, o‘zining kafotlatlangan xom-ashyo bazasi borligi ularga juda ham katta raqobatbardoshlik va uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatish uchun joziba beradi.
Muzokaralar natijasida tomonlar ekspertlar darajasida ma’lumotlar almashuvini yo‘lga qo‘yishga va yaqin kunlarda xorij kompaniya vakillaridan iborat delegatsiyani O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirishga kelishishdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




