Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston xorijiy davlatlarga to‘qimachilik eksporti hajmini oshirgan. Iste’molchilar asosan o‘zbek matolari va tayyor mahsulotlarga qiziqish bildirayetgani, tayyor mahsulotlar sifatini oshirish, “Made in Uzbekistan” brendini ommalashtirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilganidan dalolatdir.
2023 yil to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun sinovli yillardan biri bo‘ldi: bir tomondan, pandemiyaning ko‘plab mamlakatlar, xususan, Xitoy iqtisodiyotiga ta’siri, paxta va to‘qimachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabning pasayishi va ikkinchi tomondan esa o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlariga bo‘lgan qiziqish ortib borishi, to‘qimachilik kompaniyalarning biznes siyosatini o‘zgartirish va mahsulotlar sifatiga bo‘lgan talablarni qayta ko‘rib chiqishiga undadi.
Agar, avvalari, yigiruv korxonasini yaratish yoki yirik tayyor mahsulot ishlab chiqarish fabrikalari ommabop biznes bo‘lgan bo‘lsa, hozirda fast fashion va barqaror kuzatuvchan ishlab chiqarish talablari ommalashishi oqibatida vertikal integratsiyalashgan korxonalar soni tobora ortib bormoqda.
Paxta-to‘qimachilik klasterlari tizimiga o‘tish orqali bo‘yash va kiyim-kechak ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qo‘shimcha imtiyozlarning yaratilishi butun to‘qimachilik ishlab chiqarish tsiklini qamrab oluvchi xoldinglar sonini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.
Bugun biz ishonch bilan aytishimiz mumkinki, Hukumat tomonidan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni va eksportini jadallashtirish uchun ham ichki va ham tashqi qulay shart-sharoitlar yaratilgan.
Davlat statistika qo‘mitasining 2023 yil 11 oyi yakunlari bo‘yicha hisobotiga ko‘ra, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Ayni paytda ip-kalava eksporti 108 foizga o‘sgan bo‘lsa, bu raqam 2022 yilda 409, 5 ming tonna ip-kalava eksport qilingan bo‘lsa, 2023 yilda bu raqam 30,6 ming tonnaga oshganini ko‘rsatadi. Matolar toifasida sezilarli o‘sish qayd etildi, bu yerda o‘sish 185% ni tashkil etdi, natijada mato eksporti xajmi 238 million kvadrat metrga oshdi. Tayyor mahsulotlar – 122% dan ortiq.
Mamlakatda “Better Work” va “Better Cotton” kabi tashkilotlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi bilan o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari 27 dan ortiq jahon brendlarining yetkazib berish tarmog‘iga kirdi.
GSP+ imtiyozlarini kengaytirish, xususan, Germaniya, Italiya va Polsha davlatlariga eksport hajmini oshirish imkonini berdi.
To‘qimachilik eksportidagi yana bir yutuq elektron tijorat bo‘ldi. Sanoatni raqamlashtirish va elektron sotuvni ommalashtirish natijasida 2024 yilda eksport qo‘shimcha 1 milliard dollarga oshirish imkonini bermoqda. Bugunning o‘zidayoq «Vildberriyes» platformasi orqali O‘zbekiston to‘qimachilik eksport hajmini qo‘shimcha 336 million dollarga oshirishga muvaffaq bo‘ldi, 2024 yil bu raqam 700 mln.dollarga oshishi kutilmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




