Tadbirda yetakchi ishlab chiqaruvchilar, hukumatlar, moliya institutlari va rivojlanish institutlari vakillari ishtirok etmoqda.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi “Ishlab chiqarish ta’minoti zanjirlarining barqarorligini oshirish” mavzusi bilan IFC vitse – Prezidenti Moxamed Guled, Nobel mukofoti sovrindori va Kolumbiya universiteti professori Jozef E. Stiglits, GTSF IFC vakili Femi Akinrebiyo va boshqalar bilan birgalikda so‘zga chiqdi.
Shuningdek, toza energiyaga o‘tishni rag‘batlantiradigan texnologiyalar, barqaror rivojlanish siyosati, barqaror va imtiyozli moliyalashtirishning o‘rni, shuningdek, yetkazib beruvchilarga global brendlar va global qiymatni yaratish zanjirlar bilan ishlashda ekologik, toza, samarali bo‘lishga yordam beradigan IFC kabi xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari haqida mavzular taqdim etildi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




