O‘zbekistondan joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida Polshaga 42,8 million dollari qiymatidagi mahsulotlarni eksport qilindi. Bu haqida Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Polshaga qilingan eksport natijasida yurtimizga valyuta tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 million dollarga ko‘payib, 40 foiz o‘sishga erishildi.
Xususan, O‘zbekistondan Polshaga 17,5 million dollarlik kalava ip, 15 million dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari, 5,3 million dollarlik kimyo sanoati mahsulotlari, 2 million dollarlik metall va metall buyumlar, 900 ming dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari, 880 ming dollarlik teri-mo‘yna mahsulotlari, 444 ming dollarlik qog‘oz va karton mahsulotlari hamda 395 ming dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilindi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




