Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab quvvatlash, qo‘shimcha qiymatli yangi turdagi tayyor mahsulotlar hajmini oshirish hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilab olish bo‘yicha 2021 yil 20 avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan «Ochiq muloqoti» doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 20 oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5262 sonli Qarori tasdiqlandi.
Ushbu Qarorga asosan 2024 yil 1 yanvarga qadar 82 xil turdagi (to‘qimachilik bo‘yoqlar, ximikatlar, sun’iy va sintetik gazlamalar, iplar, aksessuarlar va boshqa) ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji «0» stavkada qo‘llanilishi belgilandi.
Izoh: Joriy yil oxiri bilan muddati tugashi belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5989-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan import qilinadigan xom ashyo va materiallar ro‘yxati nafaqat uzaytirildi balki qo‘shimcha ravishda 24 xil turdagi ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo mahsulotlari kiritildi. Bu esa korxonalar tomonidan yangi turdagi qo‘shimcha qiymat hosil qiluvchi, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishlariga hamda eksport salohiyatini oshirishlariga zamin yaratadi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




