Moskva shahrida “Soyuzlegprom” va “Ekspotsentr” tomonidan Rossiya savdo-sanoat palatasi, Sanoat va savdo vazirligi, Sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Intergazlama 2021. Bahor” 9-xalqaro gazlama va to‘qimachilik materiallari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari ham ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi ko‘magida mamlakatimizning eksklyuziv milliy stendi tashkil etildi. Unda «Bukhara Brilliant Silk», «Barkas Teks», «Group Impex Textile», «Khantex Group», «Prodenim», «Fabrika Orange Textile Profi», «Samarkand Euro Asia Textile», «Ark Eko Tekstil», «Sanfa Leather», «Asian Furs» kompaniyalari mahsulotlari taqdim qilindi.
Ko‘rgazma doirasida “O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoati: rossiyalik tadbirkorlar va O‘zbekiston korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari” mavzusida biznes-konferentsiya tashkil etildi. Anjumanda O‘zbekiston elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Shohrux G‘ulomov, “Soyuzlegprom” prezidenti Andrey Razbrodin, O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmon doiralari vakillari so‘zga chiqdi.
Manba: dunyo.info
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




